«Deputat, avvalo, hamişa xalq dardi bilan yaşaşi, odamlarni qiynayotgan muammolarni hal qiliş uçun fidoyilik körsatib boşqalarga örnak bölişi lozim. Deputatning qalbi, vijdoni uyğoq bölsa, vazirlar ham, hukumat ham, parlament ham uyğoq böladi», dedi prezident. 

Quyi palata har bir qonun loyihasi böyiça xolis bahs-munozara va tortişuvlar makoniga, turli ijtimoiy manfaatlar örtasidagi kuraş maydoniga, çinakam demokratiya maktabiga aylanişi zarurligi ta'kidlandi.

«Öz qöllaringda. Çaqiringlar Adliya vazirini, eşiklarni yopib olib gaplaşinglar, muovinlari bilan. Qaçon örganasan qonun yozişni deb.

Taşabbuskor vazirni çaqiringlar. Vazir bölib öz sohang böyiça qonunni xato yozasan, denglar. Nega öqimaysan, biz prezidentga taklif beramiz, Adliya vaziriniyam, muovinniyam, taşabbuskor vazirniyam işdan oliş kerak deb aytinglar.

Mana şunday amaliyotni köringlar. Avvalgi deputatlarda bu gaplar bölmagan, tasavvurigayam kemagan. Mana şunday takliflar beringlar. 

Mengayam oson böladi. Joylarda ijrosi bölsa, xalqimiz qabul qilsa har bir qonunni. Har bir taşkilotning yölini körsatib, uni nazorat qiladigan qonun bölsa, jamiyat özgaradi, munosabat özgaradi, vaziyat özgaradi, natija böladi», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ötgan beş yil davomida palata faoliyati sezilarli darajada jonlanib, 540ta qonun yoki 2010-2014 yillardagiga nisbatan 2 barobar köp qonun loyihasi körib çiqilgan. Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeks, Ma'muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeks, Saylov kodeksi kabi muhim hujjatlar qabul qilingan.

Şuningdek, oxirgi ikki yilda töğridan-töğri amal qiladigan qonunlar işlab çiqila boşlandi.

Quyi palataga kiritilgan har bir qonun loyihasi böyiça joylarda jamoatçilik muhokamasini ötkaziş amaliyoti yölga qöyildi. Şundan söng 400dan ziyod qonun loyihasidagi mingga yaqin normalar fuqarolar bildirgan takliflar asosida takomillaştirildi. Aholi tomonidan bildirilgan fikrlar, tanqidiy mulohazalar inobatga olinib, 16ta qonun loyihasi rad etildi va taşabbuskor idoraga qaytarildi. Holbuki, 2010-2014 yillarda birorta ham qonun loyihasi qaytarilmagan edi.

Şavkat Mirziyoyev deputatlar asosiy e'tiborni qonunlar xalq manfaatini qançalik ifoda etişiga qaratişi lozimligini ta'kidladi.

«Darhaqiqat, xalq vakillari bölgan deputatlar öz vakolatiga asoslanib, jasur, talabçan va qat'iyatli bölişi, fuqarolarning manfaatiga xizmat qilmaydigan qonunlar qabul qilinişiga yöl qöymasligi şart. Har bir qonunning, ta'bir joiz bölsa, közi, oyoği, ijrosi bölişi lozim. Qonun qabul qilindimi, albatta, hayotda özgariş bölişi kerak», –