Toşkent şahrida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisi bölib ötmoqda. Unda 97 nafar senator va 150 nafar deputatlar iştirok etyapti.
Kun.uz muxbiri xabariga köra, qöşma majlisda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etib, ma'ruza qilmoqda.
Davlat rahbari öz nutqida Özbekistonda muammoli hisoblangan eng oğir masalalarga töxtalib ötdi:
«Bizda muammolar köp, bu muammolarni sizlar ham bilişingiz kerak. Takror-takror aytaman: oyoğimiz yerdan uzilmasdan, hali endi-endi birinçi qadamlar qöyyapmiz, lekin xalqimizga bir narsaga taşakkur aytişimiz kerakki, bizning birinçi qadamlarimizga xalqimiz işona boşlayapti. Xalqimizga yana bir bor öz minnatdorçiligimni bildirmoqçiman.
Bugungi kunda eng katta, oğir masalalar yoqilği-energetika sohasida. Sizlarga rostini aytmoqçiman: biz yoqilği-energetikada hali birinçi qadamlarimizni ham amalga oşira olmayapmiz. Töğri, strategiya qabul qildik, lekin ularni amalga oşiriş böyiça, korrupsiyani yöq qiliş böyiça, hisob-kitobni joyiga qöyiş böyiça hali işlarimiz mutlaqo qoniqarli emas, desak adolatdan böladi. Korrupsiya juda köp, poraxörlik juda köp, şuning uçun deputatlar ham, senatorlar ham, hokimlar ham yoqilği-energetika sohasiga juda katta e'tibor berişi kerak. Nega desangiz, yoqilği-energetikani joy-joyiga qöymaganimizça sanoatni, iqtisodiyotni rivojlantiriş juda oğir böladi. Ming afsus, yillar davomida bu sohalar korrupsiya bilan botqoqqa tuşib ketgan sohalar, desak bu ham adolatdan böladi.
Birinçi, yoqilği-energetika, geologiya. Bundan 30-40 yil oldin Özbekiston geologiya böyiça juda katta ilmiy salohiyatga ega bölgandi. Ming afsuski, bu ilmiy salohiyat yöq böldi, desak bu ham adolatdan. 25 yil davomida bironta odam geologiya bilan şuğullanmadi. Bor ilmiy salohiyatni yöq qildik. Bu sohaning kadri ham yöq, ilmiy guruhlar, akademiklar yöq. Buni ham bilişingizlar kerak. Ura-ura qilib, qonun qabul qiliş kerak deb iş qilmanglar. Qonun qabul qilganda ham vijdondan ötkazinglar: xöş, bu qonunni kim bajaradi?!
Şuning uçun, energetikadan keyin eng katta oğir sohamiz geologiya, transport, temir yöllarimiz ham, havo yöllarimiz ham dunyo hamjamiyatiga, umuman, hozirgi islohotlarimizga mutlaqo töğri kelmaydi. Qaysidir soha böyiça salgina yönaliş qilgan bölsak, lekin transport sohasi böyiça hali birinçi qadam ham qöyganimiz yöq. Yöl qurilişi böyiça ahvolimiz juda ham... umuman, quriliş va yöl qurilişi böyiça ahvolimiz yaxşi emas, içimlik suvi ta'minoti böyiça katta-katta qarorlar qabul qilişimiz kerak, uzoq-uzoq qişloqlarda odamlarning noroziligi ham mana şu masalalarga juda köndalang desak, bu ham töğri böladi», - dedi davlat rahbari.












