Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri böyiça davlat qömitasi raisi Abduşukur Abdullayev 23 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bölib ötgan matbuot anjumanida Toşkent şahrining boş rejasini qabul qiliş nega çözilib ketganiga izoh berdi.
«Toşkent şahrining boş rejasi hozir tubdan qayta körib çiqilyapti. Boş rejani işlab çiqiş jarayonida biz iştirok etmayapmiz. Bu iş bilan asosan Quriliş vazirligi şuğullanmoqda. Poytaxtning boş rejasini işlab çiqiş uçun Buyuk Britaniya va boşqa mamlakatlarning ekspertlari, ayni şu yönalişda işlovçi kompaniyalar ham jalb etilgan. Jarayon çözilayotgani rost. Lekin buning öziga yaraşa sabablari bor.
Xabaringiz bor, «snos»lar böyiça juda qattiq normalar belgilandi. «Snos» degan tuşunça özbek tilida yöq edi, bizgayam kirib keldi. Davlat rahbari biror joyni buzişdan oldin yetti ölçab, kerak bölsa yetmiş ölçab bir kesişni, ertangi kunni öylab bu işni qiliş kerakligini köp ta'kidlaydi.
Yöllar qurib, bir oy ötgandan keyin qaysidir xato yo kamçilik uçun buzib yuborilişiga endi yöl qöyib bölmaydi. Ertaga nimadir quriladigan bölsa, bu bugun barpo etilayotgan imoratlarni buzib taşlaş hisobiga bölmasin, oldindan rejalaştirib qilinsin», deydi Abduşukur Abdullayev.
Tadbirda yildan yilga quriliş konstruksiyalari ham özgarayotgani, ilgari imoratlarni 4-5 yoki 7-9 qavat qilib quriş urf bölgan bölsa, hozir talab boşqaça bölayotgani ta'kidlandi.
«Urbanizatsiya talablaridan kelib çiqib, bundan buyon şaharlar faqat yon-atrofdagi hududlar hisobiga kengaymaydi, balki köp qavatli binolarni quriş hisobiga şahar hududi yuqoriga qarab ösadi. Toşkent şahridan salgina çetga çiqilsa, hammasi ekin maydoni. Ekin maydonlari hozir prezident nazoratida. Boşqaça aytganda, ekin maydonida imorat quriş, işlab çiqarişni yölga qöyiş kabi işlarga faqat prezident qarori bilangina ruxsat berilişi mumkin.
Şuning uçun ham hozir puxta öylab, kelgusidagi rejalardan va kommunikatsiyalarni bir-biriga ulaş nuqtayi nazaridan kelib çiqqan holda bugun qurib, yana 5-10 yildan keyin buzadigan bölmasin degan maqsadda qattiq iş olib borilyapti. Buni töğri tuşuniş kerak. Bugun qurib, 5-6 yildan keyin puxta öylanmagan qaysidir holat tufayli qurilgan joylarning buzdirilişi hozirgi kun talabiga töğri kelmaydi», deya Abduşukur Abdullayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib ötamiz, Toşkent şahar boş rejasining konsepsiyasi joriy yilning aprel oyida taqdim qilinişi böyiça ham ma'lumotlar berilgan

















