Toşkent şahar boş rejasining konsepsiyasi avval aytilganidek joriy yilning aprel oyida emas, may oyida taqdim qilinadi. Kun.uz muxbiri xabar berişiça, bu haqda Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Mirzo Uluğbek tumanida ötkazilgan sayyor qabul çoğida ma'lum qilgan.

«Toşkent şahar boş rejasi 20 may kuni taqdim etiladi», degan şahar hokimi Buyuk Ipak yöli köçasi buziliş-buzilmasligi töğrisida berilgan savolga javoban.

Fevral oyida poytaxt ma'muriyati tomonidan 2019 yilning aprel oyi oxirigaça Toşkent şahar boş rejasi konsepsiyasi 3D formatda tayyorlaş rejalaştirilgani, uni tayyorlaş ustida Xitoy, Turkiya va Buyuk Britaniya kompaniyalari iş olib borayotgani haqida ma'lum qilingan edi.

Toşkent şahri hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Davron Hidoyatov Toşkent boş plani 2014 yilda işlab çiqilgani, biroq bugunga kelib, poytaxtda rejalar özgargani sabab, 2014 yilda tasdiqlangan boş plan öz aktualligini yöqotgani haqida aytib ötgandi.

Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev şaharni töliq tasvirga oliş («skanerdan ötkaziş») uçun vertolyotga örnatilgan aerofotoapparatlardan foydalanilişini qöşimça qilgandi. Keyingi bir oy davomida haftaning yakşanba kunlarida Mudofaa vazirligining Airbus Helicopters H215 rusumli vertolyoti 3D-kameralar bilan Toşkent ustida parvozlarni amalga oşirmoqda.