Xalqaro press klubning Özbekiston Respublikasi prezidentining Oliy Majlisga yöllagan murojaatnomasiga bağişlangan sessiyasida Qonunçilik Palatasi Spikerining birinçi örinbosari Akmal Saidov sözga çiqib, Parlamentga murojaat qiliş mexanizmining şakllanişi haqida ma'lumot berdi.

«Prezidentning Parlamentga murojaati instituti qadimiy tarixiy an'analarga ega. Bu institut ilk bor Angliya Parlamentida vujudga kelgan. Angliya Parlamentining har oçiliş sessiyasida qirol va qiroliça nutq sözlaydi», - deydi Akmal Saidov. 

U AQŞda ham bu an'ana mavjudligi, bu an'ana birinçi prezident Jorj Vaşington tomonidan 1790 yilda Kongressga oğzaki tarzda murojaat qilişi bilan vujudga kelganini ta'kidladi. 

«Parlamentga murojaat yöllaş – juda demokratik va hokimiyat tarmoqlarini özaro kelişuviga yordam beruvçi institut. Özbekistonda ham Parlamentga murojaat yöllaşning öziga xos tajribasi töplandi», deya öz fikrlarini bildirdi Akmal Saidov.

Uning qayd etişiça, murojaat qiliş uçun qayerda sözga çiqilişini tanlaş ham muhim. AQŞda Vakillik Palatasida, Rossiyada Federal Majlisda – Kremlda sözga çiqsa, Özbekiston rahbarining murojaatnomasi yangi Özbekistonning yangi binosida – Kongress hollda öqib eşittirildi. 

«150 deputat, 100 nafar senator, mamlakatdagi diplomatik korpus vakillari va onlayn tarzda 57ta xorijdagi vakolatxonalar xodimlari va 8 mingga yaqin mahalliy kengaş deputatlari iştirok etişdi. 

Bundan taşqari, murojaatning onlayn tarzda uzatilişi xorijda va mamlakatda qançalab insonlarning öşa paytning özidayoq köriş imkoniga ega bölişiga yordam berdi», - deya qayd etdi Akmal Saidov. 

Unga köra, Özbekiston onlayn tarzda uzatiladigan Parlament murojaatlari mexanizmlarini örganib çiqib, öz tajribasini yaratdi. Şuning uçun keçagi murojaatni nafaqat Parlamentga, balki Özbekiston xalqiga va jahon hamjamiyatiga murojaat deb baholaş mumkin. 

«Ötgan şu bir haftani «Prezidentning Parlamentdagi haftaligi» deb nomlagan ham bölar edim. Şu bir haftada 4 marta Parlamentda çiqiş qilib, har ma'ruzasida Imom Buxoriy, Avloniy, Ruzvelt kabi jahon va özbek allomalarining sözlarini juda örinli keltirib ötdi. 

Oldingi murojaatlar bir yillik tarzda ifodalangan bölsa, 2020 yilgi Parlamentga murojaatni Özbekistonning yaqin kelajakdagi taraqqiyot poydevorini taşkil etuvçi ğoyalardan iborat böldi, deb ataş mumkin», dedi Akmal Saidov.