29 may kuni Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Nyu-Yorkdagi ştab-kvartirasida Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro paktga a’zo davlatlarning 40-sessiyasi doirasida Inson huquqlari qömitasining 2025-2028 yillar uçun 9 nafar a’zosini saylaş böyiça saylovlar bölib ötdi.

"Dunyo" xabariga köra, saylovda Özbekiston bilan birga 16 ta davlat – Burundi, Gruziya, Misr, Hindiston, Ispaniya, Kamerun, Kot-d'Ivuar, Litva, Marokaş, Paragvay, Koreya Respublikasi, Şimoliy Makedoniya, Togo, Xorvatiya, Efiopiya va Janubiy Afrika vakillari 9 ta örin uçun kuraş olib bordi.

Yaşirin ovoz beriş natijalariga köra, Özbekistondan nomzod, Inson huquqlari böyiça milliy markaz direktori, akademik Akmal Saidov Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro paktga a’zo mamlakatlardan eng köp ovoz oldi.

Mamlakat vakilining IHQga saylanişi tarixiy voqeadir, çunki Özbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinçi marta BMTning uşbu asosiy organiga a’zo böldi.

Özbekistonning uşbu nufuzli konvensiya organiga saylanişi mamlakatning inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro tuzilmalar bilan konstruktiv hamkorlik qiliş orqali inson huquqlarini ta’minlaş va himoya qilişga sodiqligini namoyiş etiş, qarorlar qabul qiliş jarayonlarida faol iştirok etiş, şuningdek, bu borada ilğor tajriba almaşiş imkonini beradi.

Inson huquqlari qömitasi – BMTning mustaqil ekspertlardan iborat organi bölib, a’zo davlatlar tomonidan Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro paktning bajarilişini monitoring qiladi. Uşbu paktga 173 ta davlat a’zo. Özbekiston uşbu xalqaro hujjatga 1995 yilda qöşilgan. Qömita faoliyati insonning barça fuqarolik va siyosiy huquqlari töliq hurmat qilinişini ta’minlaşga qaratilgan.