31 oktabr kuni Toşkent şahrida “Gender sezgir jazoni ijro etiş muassasalari boşqaruvi strategiyalari: ilğor tajriba va asosiy muammolar” mavzusida davra suhbati bölib ötdi. Tadbirda sözga çiqqan Inson huquqlari böyiça Özbekiston Milliy markazi direktori Akmal Saidov Özbekistonda mahkumlar va jazoni ijro etiş bilan boğliq ayrim raqamlarni oçiqladi.

“Bugungi kunda mamlakatimizdagi jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlar soni har 100 ming aholiga hisoblaganda 68 nafarni taşkil etadi. Bu körsatkiç Mustaqil davlatlar hamdöstligiga a’zo mamlakatlar orasida eng past darajada bölib, inson huquqlari va qonun ustuvorligini ta’minlaş borasida amalga oşirilgan islohotlar natijasidir”, — degan Akmal Saidov.

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Milliy markazi

Şuningdek, zamon talablariga javob bermaydigan 4 ta koloniya, jumladan, aholi orasida salbiy nom topgan “Toşturma” va “Jasliq” koloniyalari tugatilgani, ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazolar qöllanilgan şaxslarni soğlom ijtimoiy hayotga yönaltiriş maqsadida 2019 yildan probatsiya faoliyati yölga qöyilgani qayd etilgan.

Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti muhim topşiriqlar böyiça inspektori Burxonxöja Akromovning ma’lum qilişiça, tergov hibsxonalari va yopiq turdagi koloniyalarda advokatlar uçun alohida 69 ta xona taşkil etilgan. Ombudsman va Biznes-ombudsman bunday muassasalarga heç qanday tösiqsiz kiriş imkoniyatiga ega.