Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga qayta saylangan deputat Akmal Saidov palataning 18 noyabr kungi ilk majlisida sözga çiqib, majlisda iştirok etgan prezident Şavkat Mirziyoyevni “Yangi Özbekiston parlamentining me’mori” deb atadi.

“Bugun men parlamentga oid yana bir qança hikmatli tuşunçalarni kiritganingizni eşitdim. “Yangi Özbekiston parlamenti”, “Parlament – xalq uyi, demokratiya maktabi” degandingiz. Bugun aytdingizki, “bugun bu – xalq xizmatçisi”. Keyin “Xalq uyidan xalqçil qonunlar çiqişi kerak”, degan yangi bir hikmatli sözlarni aytdingizki, şunda men öylab qoldim. Kim bu Yangi Özbekiston parlamentining taşabbuskori, me’mori deyişsa, men sizni aytardim.

Quruq söz bölmasligi uçun raqamlar keltirmoqçiman. Mana şu sönggi 8 yil içida siz mana şu minbardan 14-marta gapirdingiz. 4 marta Senatda gapirgansiz. Undan taşqari, 4 marta parlament oldida murojaatnomalar bilan çiqqansiz”, – dedi Akmal Saidov.

“Yaqindagina çop etilgan sizning ikkinçi fundamental kitobingiz – “Hozirgi zamonav va Özbekiston” kitobida parlamentga oid ğoyalarning kvintessensiyasi, yoki qaymoğini kördim, desam mubolağa bölmasdi. Sizning butun faoliyatingizda parlament har doim diqqat markazida turgan. Konstitutsiyamizda prezidentga turli davlat hokimiyati organlarining muvofiqlaştiriş vazifasi berilgan. Bu ham qonun çiqaruvçi hokimiyatni, ham ijro hokimiyatini, sud hokimiyati bilan siz mana şu işni haqiqatan konstitutsiyaviy darajada bajarib [kelyapsiz]. Şuning uçun ham parlamentga juda ham köp e’tibor berasiz”, – dedi deputat.

Saidovga köra, prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentga kelgan barça parlamentlararo taşkilotlarning rahbarlarini qabul qilgan, xorijga safarlari vaqtida öşa mamlakatlar parlamentlarining rahbarlari bilan muloqotlar ötkazgan.

“Bu bilan siz bizga örnak bölib kelyapsiz. Bugun yana bir marta gapingiz töğri: “Bugungi parlament keçagi parlament emas. Bugungi deputat keçagi deputat emas. Bugungi partiya fraksiyasi keçagi partiya fraksiyasi emas”, degan qoidani judayam töğri aytdingiz. Bu bizlarga katta özgarişlarning isboti. Har bir islohotda bu parlamentning qonun ijodkorligi faoliyati, nazorati, parlamentlararo aloqalari böyiça fikrlaringizni aytib kelgansiz.

Bugun ham mana şu yangi parlament komissiyasini tuziş – xalq konstitutsiyamizda belgilangan yuz mingta fuqaroning qonun taşabbusi çiqişi mumkinligini körsatib berdingiz. Bu taşkiliy-huquqiy yölni körsatdingiz. Bitta taşabbus çiqardingizki, sönggi yillarda törtta kodeks qabul qildik. Mayda kodekslarning örniga bir yaxlit qabul qiliş kerak edi. Oxirgisi, ÖzLiDePni taşabbusi bilan Tadbirkorlik kodeksi, keyin Suv kodeksi, Şaharsozlik va Saylov kodeksi kabilar…