Taşqi işlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti birinçi kotibi Rustam Ğoziyevning qayd etişiça, vazirlik tomonidan 2019 yil davomida 1511ta jinoiy iş böyiça Özbekiston fuqarolari jinoiy javobgarlikka tortilgani qayd etilgan. U bu haqda 23 yanvar kuni bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

«Özbekiston Respublikasining konsullik ustaviga binoan, Özbekiston fuqarolarining çet eldagi huquq-manfaatlari Özbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan himoya qilinadi. Ya'ni bu konsullik taşrifi deyiladi, qamoqxonalarga bizning xodimlarimiz belgilangan vaqtda borib turişadi. Taşrif davomida fuqarolarimizning qanday holatda saqlanayotgani haqida ma'lumot olinadi, nimadandir qoniqişmasa, qamoqxonada saqlanayotgan özbekistonliklarning huquq-manfaatlarini tiklaş maqsadida qamoqxona ma'muriyatiga kerakli tavsiyalarni berişadi», deydi TIV mas'uli.

Rustam Ğoziyev ayrim davlatlar, xususan, Rossiya, Qozoğiston davlatlarida Özbekiston fuqarolarining soni juda köpligi, konsullik muassasalaridagi xodimlar soni çeklangani sababli ular uşbu mamlakatlardagi qamoqxona yoki tergov izolyatorlariga tez-tez bora olmayotganini ham aytib ötdi.

Foto: AOKA

«Konsullik faoliyati juda keng qamrovli. Xorijdagi fuqarolarimizga notarius, FHDYo xizmatlari, ya'ni nikohni, tuğilişni, ölimni qayd etiş, Özbekistonda bölgani kabi barça hujjatlarni rasmiylaştiriş konsullik xodimlarining zimmasida.

Iş hajmi juda katta bölgani sababli fuqarolar soni köp davlatlarda mas'ul xodimlarning qamoqxonalarga taşrifi muddati keçikişi mumkin. Fuqarolar kam davlatlarda biror özbekistonlik qamoqqa tuşgan taqdirda 1 yo 2 kunda vakillarimiz qamoqxonaga yetib borişadi. Rossiya misolida oladigan bölsak, bu yerda 5ta konsulxona taşkil etilgan bölib, konsul uşbu mamlakatdagi qamoqxonalarda saqlanayotgan fuqarolar holidan xabar oliş uçun bir yilda kamida ikki marta qamoqxonalarga taşrif buyurişi kerak», deydi u.

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği Baxtiyor Tursunovga köra, bir yilda örta hisobda 3000-4000 nafar özbekistonlik Rossiyada migratsiya qonunçiligini buzgani uçun Xorij fuqarolarini vaqtinçalik saqlaş markazlariga tuşadi.

«Boşqa davlat hududida, xususan, Rossiyada migratsiya qonunçiligini buzgan migrantlarimiz Xorij fuqarolarini vaqtinçalik saqlaş markazlarida saqlanadi. Albatta, bu – rejimli obekt. Ammo uni tölaqonli qamoqxona deb bölmaydi. Bu kabi markazlarda saqlanayotgan fuqarolarimiz soni bir yilda örta hisobda 3000-4000 nafarni taşkil etadi. Bu markazlarda faqat Özbekistonning emas, boşqa davlatlarning migratsiya qonunçiligini buzgan fuqarolari ham saqlanadi. Vaqtinçalik saqlaş markazlarida tutib turilgan özbekistonliklarning qançasi jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida ma'lumotga ega emasmiz», deydi u.