Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtokran olib kirish uchun 4 milliard so‘m imtiyoz olish rejasi amalga oshmadi
Bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida xorijiy mamlakatdan olib kelingan texnikalarning ishlab chiqarilgan yilini noto‘g‘ri ko‘rsatishga urinish hamda tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlarini o‘zgartirish kabi navbatdagi qonunbuzarlik holati aniqlandi.
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari fuqaro T.A. tomonidan 4 mlrd. 162 mln. 888 ming so‘m imtiyoz asosida olib kirilayotgan avtokran vositasining yorliqlaridagi ma'lumot bilan avtomashinaning holatini tegishli idoralar bilan hamkorlikda ekspertizadan o‘tkazishdi.
Natijada mazkur avtotransport vositasi hujjatlarda ko‘rsatilganidek 2018 yilda emas, balki 2007 yilda ishlab chiqarilgani ma'lum bo‘ldi.
«Yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda», – deyiladi Davlat bojxona qo‘mitasi xabarida.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026