Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
369 million so‘mlik parfyumeriya vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi «Qoraqalpog‘iston» temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro S.Sh. belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
«Natijada uning yuklari orasida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 369 million so‘mlik jami 7000 donadan ortiq parfyumeriya mahsulotlari yashirilganligi aniqlandi», – deyiladi Davlat bojxona qo‘mitasi xabarida.

Bu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Shuningdek, Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijga uchib ketayotgan fuqaro U.V. o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida uning egnidagi kiyimlari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib chiqish me'yoridan ortiqcha bo‘lgan jami 19800 AQSh dollari naqd xorijiy valutasi borligi aniqlangan.

Bu borada ham bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilyapti.
Mavzuga oid
08:57 / 15.01.2026
1 trln 145 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy muomaladan chiqarildi
08:40 / 10.01.2026
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
14:15 / 30.12.2025
Polshada Belarusdan meteozondlar orqali kiritilgan kontrabanda topildi
19:55 / 25.12.2025