Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Hindiston uchun S-400 majmuasini ishlab chiqarishni boshladi
Rossiya Hindiston uchun S-400 zenit-raketa majmualarini ishlab chiqarishni boshladi.
Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov o‘z intervyusida ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, majmuani “Almaz-Antey” kompaniyasi ishlab chiqarmoqda. Majmualar buyurtmachiga shartnomada ko‘zda tutilgan muddatlarda yetkazib beriladi.
2019 yil noyabrda Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar Vashingtonga tashrifi vaqtida Rossiyadan S-400’larni sotib olishga haqli ekanini himoya qilgan. U birorta davlat Hindistonga qayerdan istasa, shu yerdan qurol sotib olishini taqiqlay olmasligini aytgan.
Rossiya majmuasining Hindistonga yetkazilishi 2025 yil birinchi yarmiga tugatilishi ko‘zda tutilgan. Bu orada Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov AQSh ushbu shartnoma amalga oshmasligi uchun urinayotganini ma'lum qilgan.
S-400’ning yetkazilishi uchun shartnoma 2018 yil 5 oktyabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Hindistonga tashrifi vaqtida imzolangan.
Shartnomaning qiymati 5,43 mlrd dollarni tashkil qilib, Rossiya Hindistonga S-400’ning 5 ta polkini yetkazib beradi. Ushbu shartnoma “Rosoboroneksport” tarixidagi eng yirik shartnoma deb atalgan.
Rossiya avvalroq ushbu majmualardan Xitoy va Turkiyaga yetkazib bergan. Shuningdek, Iroq hukumati ham S-400’ni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026