Jahon | 23:48 / 04.02.2020
18981
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya koronavirusga chalingan xorijliklarni deportatsiya qiladi

Rossiyada yangi turdagi koronavirusga chalingan xorijliklar deportatsiya qilinishi mumkin.

Foto : TASS

Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin o‘rinbosarlari bilan o‘tgan tezkor yig‘ilishda ma'lum qildi. Mishustin hukumatning 31 yanvarda imzolagan qaroriga ko‘ra, 2019-nCoV koronavirusi odamlarga xavf soluvchi kasalliklar qatoriga kiritilgan.

Bosh vazirning ta'kidlashicha, u tomonidan virusning Rossiyada tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha milliy reja tasdiqlangan.

“Bu reja xorijiy fuqarolarda koronavirus aniqlansa ularni deportatsiya qilishga va maxsus cheklovlar, jumladan karantin yoki izolyatsiya kiritishga imkon beradi”, deb aytgan Mishustin.

Uning ta'kidlashicha, vaziyat nazorat ostida qolmoqda va Rossiyada yangi virusga qarshi kurashish uchun barcha zarur dori-darmon va vositalar yetarlicha miqdorda bor. 

“Xitoy fuqarolarining chegaramiz orqali harakatlanishi cheklandi. Xavfli virus aniqlangan bemorlar alohidalangan, shifokorlar ularga barcha zarur yordamni ko‘rsatmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Mishustin.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda Xitoyda virus qurbonlari soni 425 nafarga yetdi, u bilan kasallanganlar soni esa 20438 nafarni tashkil qilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid