Jamiyat | 21:33 / 05.02.2020
12102
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari xalqaro reytingda qanday o‘rinlarda?

Webometrics ranking of World Universities xalqaro reyting tizimi bugungi kunda dunyo miqyosidagi eng taniqli xalqaro mustaqil ilmiy reyting tizimi hisoblanadi. Mazkur xalqaro tuzilma jahonning 30 mingga yaqin oliy o‘quv yurtlarini reyting natijalarini e'lon qilishda ilmiy ishlar, ilmiy maqolalar, o‘quv jarayonlari veb-saytlar sifati, ish beruvchilar, jamoatchilik fikri va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga oladi.

Global reytingda birinchi o‘rinni Garvard universiteti, ikkinchi o‘rinni Stenford universiteti, uchinchi o‘rinni Massachusets texnologik instituti egalladi.

Ushbu xalqaro reytingda O‘zbekistondagi 85 oliy o‘quv yurti orasidagi kuchli o‘ntaligini jadvalda ko‘rish mumkin. Shular ichida 2020 yil yanvar oyi holatiga O‘zbekiston Milliy universiteti birinchi, Toshkent pediatriya meditsina instituti Nukus filiali ikkinchi, Samarqand Davlat meditsina instituti uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida Oliy ta'lim muassasalari rasmiy veb-saytlarini "Webometrics" xalqaro universitetlar veb-saytlari reytingi talablari asosida qayta ishlab chiqish va ma'lumotlar bilan boyitish belgilangan.

Mavzuga oid