Jamiyat | 14:20 / 10.02.2020
10334
2 daqiqa o‘qiladi

Tuzatish: «Toshkent» restoranining «Korean and Migrations xususiy bandlik agentligi»ga aloqasi yo‘q

9 fevral kuni Kun.uz sayti orqali «Koreyaga jo‘natish va'dasi bilan topilgan milliardlar nimalarga ishlatilgan?» sarlavhali maqola e'lon qilingandi.

Unda «Korean and Migrations xususiy bandlik agentligi» mutassadilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ayblov e'lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangani, jabrlanuvchilardan o‘zlashtirilgan pullar nimalarga sarflangani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu maqolaning telegram kanalida e'lon qilingan anonsida qo‘yilgan suratda Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sebzor ko‘chasi 3-uy manzilida  joylashgan «Toshkent» restorani suratidan asossiz foydalanilib, xatolikka yo‘l qo‘yilgan.

Aslida, ushbu restoranning «Korean and Migrations xususiy bandlik agentligi»ga hech qanday aloqasi bo‘lmagan. Tergov organi taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyat ishi doirasida agentlik tomonidan sotib olingani gumon qilinib xatlangan ushbu bino Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Guzar ko‘chasi 56A-uyda joylashgan bo‘lib, «Toshkent» kafesi nomi ostida faoliyat yuritgan. 

Kun.uz tahririyati yo‘l qo‘yilgan mazkur xatolik uchun «Toshkent» restorani ma'muriyatidan uzr so‘raydi.