Kun.uz «Korean and migration xususiy bandlik agentligi» MÇJ mutasaddilariga nisbatan jinoyat işi oçilgani, ular minglab fuqarolarni Janubiy Koreyaga işga yuborişni va'da qilib, ularning millionlab pullarini özlaştirganlikda ayblanayotgani haqida 2019 yil oktabr oyida xabar bergan edi.
Ayblovga köra, taşkilot mansabdorlari tomonidan Özbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyaga işga joylaştiriş va'da qilinib, ulardan 27 milliondan 34 million sömgaça bölgan, umumiy miqdorda 20 milliard sömga yaqin pul mablağlari olingan, lekin ular korxona mansabdorlarining şaxsiy extiyojlari uçun sarflab yuborilgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti uşbu jinoyat işi yuzasidan yangi tafsilotlarni ma'lum qildi.
«Korean and migration xususiy bandlik agentligi» MÇJ mansabdor şaxslari tomonidan çamasi 3500ga yaqin Özbekiston Respublikasi fuqarolari firibgarlik yöli bilan aldangan. Ulardan olingan 20 milliard sömga yaqin pul mablağlari korxona mansabdor şaxslarining şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflanib, köçmas va köçar mulk körinişiga keltirilgan.
Misol uçun, jinoiy yöl bilan topilgan bu pullarga Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanida joylaşgan quruq mevalarni qayta işlab çiqariş zavodi, Toşkent şahri Yunusobod tumanidagi «Toşkent» kafesi, şuningdek turli xil rusumdagi transport vositalari xarid qilinişiga sarflab yuborilgan», – deydi Tergov departamenti katta tergovçisi Umidjon Abduhakimov.
Unga köra, Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasidagi memorandumga asosan, Özbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyada işga joylaştirişga faqatgina Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatli hisoblanadi.












