Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YTHlarni ichki ishlar xodimisiz rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalarini rasmiylashtirishning «yevroprotokol» tamoyillariga asoslangan soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi mumkin. Bu – 2020 yilgi davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.
Loyihaga ko‘ra, qator normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqish orqali:
- YTHlarni Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi, kelib chiqqan zararni to‘lash shartlari;
- YTH bo‘yicha ma'muriy bayonnoma tuzilmasdan, bu haqdagi ma'lumotlar (shu jumladan, suratga yoki videoga olish orqali) uning ishtirokchilari tomonidan xabarnoma blankasida aks ettirilishi va sug‘urta tashkilotlariga taqdim etish;
- YTHda ishtirok etgan transport vositalari sug‘urtalovchilar talabiga ko‘ra ko‘rikdan o‘tkazish yoki mustaqil texnika ekspertizasi uchun taqdim etish;
- YTHni ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokisiz rasmiylashtirish yuzasidan to‘lanadigan sug‘urta tovonining cheklangan miqdorini belgilash kabi qoidalar belgilanishi nazarda tutilmoqda.
Davlat dasturining ushbu bandi uchun IIV, Transport vazirligi va Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi mas'ul etib belgilanmoqda.
Hujjat loyihalari 1 mayga qadar ishlab chiqilishi kutilyapti.
Mavzuga oid
21:31 / 02.02.2026
«Nega menga cho‘pchak gapirasan?» - prezident Shayxontohur tumani IIB sobiq rahbariga tanbeh berdi
19:53 / 02.02.2026
Samarqanddagi YTH oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi
09:20 / 02.02.2026
Poytaxtda jinoyatchilikka qarshi kurashishning yangi bosqichi boshlandi
16:15 / 01.02.2026