1 fevraldan talabalar stipendiyasi böyiça yangi tartib örnatildi. Kun.uz muxbiri hukumatning 13 sahifalik qarorida belgilangan asosiy özgarişlarni tahlil qiladi.
Sönggi vaqtlarda Kun.uz saytiga fuqarolar tomonidan yangi stipendiya tizimi va bu tizim böyiça qanday özgarişlar bölayotgani haqida köplab murojaatlar kelib tuşmoqda.
Bu mazmundagi sörovlar 7 fevralda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi ötkazgan matbuot anjumanidan keyin ham davom etyapti.
Şuni inobatga olgan holda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yil 31 yanvar kuni qabul qilingan «Oliy ta'lim muassasalari talabalariga tölanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilaş hamda stipendiyalar tayinlaş va tölaş tartibni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori böyiça asosiy özgarişlarga izoh berib ötişga qaror qildik.
Yangi tartib böyiça talabalarda 770 ming sömgaça stipendiya oliş imkoniyati bor
Hukumat qarorida 2020 yilning 1 fevralidan boşlab quyidagi özgarişlar joriy qilinişi belgilab qöyilgan:
davlat granti,şuningdek, stipendiyali tölov-kontrakt asosida öqitişning işlab çiqarişdan ajralgan holdagi şakli (öqitişning kunduzgi şakli) böyiça ta'lim olayotgan talabalarni (2019/2020 öquv yilida davlat granti asosida ta'lim olayotgan bitiruvçi kurs talabalari bundan mustasno) qat'iy belgilangan miqdordagi bazaviy stipendiya bilan ta'minlaş;
öquv semestri yakuni böyiça fanlardan faqat «a'lo» özlaştiriş körsatkiçiga (reyting körsatkiçi – 86 ball va undan yuqori) ega bölgan talabalarning stipendiyasini bazaviy stipendiyaga (428 ming söm – tahr.) nisbatan 20 foizga oşirilgan holda belgilaş;
davlat granti asosida ta'lim olayotgan talabalarga öquv semestri yakuni böyiça özlaştiriş körsatkiçlari 30 foiz yoki undan ortiq qismi «qoniqarli» baho (reyting körsatkiçi – 71 balldan kam) bölganda navbatdagi öquv semestri davomida stipendiya tayinlamaslik;
tölov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan 1- va 2-guruh nogironligi bölgan hamda töliq davlat ta'minotida bölgan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar sirasiga kiruvçi talabalarga stipendiya tölovlarini respublika budjetidan amalga oşiriş.
Izoh: Bazaviy tölanadigan stipendiya miqdori – 428 ming söm. Oşirilgan 20 foizlik miqdor böyiça esa bu summa 513,6 mingga yetadi (428 000 * 1,2 = 85 600 söm).
Mavzuga oid
513,6 ming söm bu – endilikda fanlarni «a'lo» bahoga özlaştirgan talaba
avtomatik tarzda
oladigan stipendiya hisoblanadi.
Albatta, bu hali «a'loçi» talaba olişi mumkin bölgan stipendiya miqdorining çegarasi emas. Alohida qobiliyat va iqtidor egasi bölgan, jamoat işlarida faol, şuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj davlat granti va tölov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan barça talabalar belgilangan stipendiyalarga nisbatan Jamğarma hisobidan (Jamğarma haqida sal keyinroq) qöşimça ravişda 50 foizgaça miqdorda rağbatlantirilişi mumkin.
Unga köra, yuqorida sanalgan jihatlarga ega talaba tegişli örganişlarga köra, komissiya xulosasi asosida bazaviy stipendiyaning qöşimça 50 foizigaça miqdorida rağbatlantiriş olişi mumkin.
(428 000 * 1,2) * 1,5 = 513 600 * 1,5 = 770 400
Demak, fanlarni «a'lo»ga özlaştirgan va yuqorida sanalgani kabi iqtidorli yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar jami bölib 770 400 söm miqdorida stipendiya olişlari mumkin.
Hozir köpçilik talabalarda şunday tuşunça bölmoqdaki, ular bazaviy stipendiyadan (428 ming söm) taşqari beriladigan qöşimça miqdordagi summalarni faqat bir marta oliş mumkin, deb öylab qolişmoqda. Yöq, bunday emas. Talaba fanlarni özlaştiriş körsatkiçlariga va yuqorida sanalgan xususiyatlarga köra, töliq bir semestr davomida 770 ming sömgaça miqdorda olişi mumkin.
Stipendiyasiz kontrakt tölagan talabaga ham yuqoridagi rağbatlantiriş tölovlari amalga oşiriladi. Ya'ni “a'loçi” talaba 20 foiz (85,6 ming söm) avtomatik tarzda, yana 50 foizgaça - 256,8 ming söm bir semestr davomida rağbatlantirib boriladi.
Davlat granti asosida öqiyotgan talabalarning öqişdagi mas'uliyati oşadi
Qaror böyiça keyingi band izohiga ötamiz. Mazkur bandga köra, öquv semestri yakuni böyiça fanlardan özlaştiriş körsatkiçlarining 30 foiz va undan ortiq qismi «qoniqarli» baho (reyting körsatkiçi – 71 balldan kam) bölgan davlat granti asosida ta'lim olayotgan talabalar navbatdagi öquv semestri davomida stipendiya tayinlamaslik şarti belgilangan (bitiruvçi kurs talabalari bundan mustasno).
Unga köra, endilikda davlat granti asosida ta'lim oladigan talabalar öqişga va yakuniy imtihonlarga jiddiyroq yondaşişlari kerak böladi. Aks holda, ular bir semestr davomida stipendiyasiz qolib ketişi mumkin.
Bu tartibga Oliy va örta maxsus ta'limi vaziri örinbosari Sarvarxon Buzrukxonov 7 fevral kuni ötkazilgan matbuot anjumanida izoh bergan edi.
«Bugungi kunda Özbekistonda jami 88 ming talaba davlat granti, 278 ming talaba esa kontrakt asosida öqiydi. Şunça talaba orasida davlat granti bilan öqiyotgan talabalar esa, albatta, qolganlardan öqişi bilan farq qilişi kerak.
Hukumat esa adolat va ijtimoiy himoya prinsiplaridan kelib çiqqan holda budjetdagi talabalar uçun 3 baho olmaslik şartini 30 foizgaça qoldirdi», – dedi u.
Ta'kidlaş örinliki, bu tartibda baholar talabaga ötilgan umumiy fanlarga nisbatan hisoblanadi.
Nogironligi bölgan, yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum talabalarga davlat yordami köpaydi
Qarorga asosan, endilikda nogironligi bor, töliq davlat ta'minotida bölgan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum talabalarga stipendiya respublika budjeti hisobidan tölanadi.
Bu toifadagi talabalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş ilk marta qonuniy tartibda belgilab qöyilmoqda. Bungaça ular kontrakt mablağlari hisobidan rağbatlantirib kelingan.
Yangi tartibga köra, mazkur toifaga kiruvçi, tölov-kontrakda öqiyotgan talabalar stipendiyasiz kontrakt tölagan holda ham (4 mln 800 ming sömsiz) davlat budjetidan oyiga 642 ming sömgaça stipendiya olişi mumkin.
Şuningdek, ular ham fanlarni «a'lo»ga özlaştirgan holda eng yuqori miqdordagi stipendiya – 770 ming söm olişi mumkin qilib qöyildi.
Bu kabi qöllab-quvvatlaş davlat granti asosida öqiydigan şu toifadagi talabalarga ham amal qiladi.
manzur.uz
4 280 000 sömgaça miqdorda bir martalik rağbatlantiriş va moddiy yordam
Yuqoridagilardan taşqari, davlat granti va tölov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan (şu jumladan stipendiyasiz kontrakt tölagan ham-tahr.) alohida iqtidorga ega, xalqaro, respublika va OTM miqyosida ötkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari ğoliblari bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargaça (428 000 * 10 = 4 280 000) rağbatlantiriş olişlari mumkin.
Şuningdek, OTMlar kengaşi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda ham (kasalligi yoki oila a'zolarining vafoti kabi) talabalarga 4 280 000 million sömgaça moddiy yordam tölanişi mumkinligi belgilandi.
Ta'kidlaş kerak, bu rağbatlantiriş va moddiy yordam talabaga bir marta beriladi.
Foto: PhotoXpress
Jamğarma haqida
Qarorda rağbatlantiriş tölovlarini mablağ bilan ta'minlaş manbayi etib Talabalarni rağbatlantiriş jamğarmasi körsatilmoqda. Jamğarma 2020 yil 1 fevraldan tegişli moliya yili uçun OTMlarda stipendiya tölovlari uçun rejalaştirilgan budjet mablağlariga nisbatan 10 foiz hamda tölov-kontrakt böyiça rejalaştirilgan tuşumlarning 2 foizi miqdoridagi mablağlar hisobiga taşkil etiladi.
Hujjatda rağbatlantirişning şaffofligini ta'minlaş maqsadida, Jamğarma kengaşi tarkibida Talabalar kengaşi hamda Yoşlar ittifoqi vakillari iştirok etişi belgilab qöyilgan.
Xöş, Talabalar kengaşining özi qançalik şaffof işlaydi va korrupsiyadan xoli böladi?
Şu mazmundagi savol 7 fevral kuni Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan ötkazgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri tomonidan Oliy va örta maxsus ta'limi vaziri örinbosari Sarvar Buzrukxonovga berilgan edi.
Uning aytişiça, jarayonda OTMdagi Talabalar kengaşijamoatçilik nazorati vazifasini bajaradi.
«Har bir oliygohda öquv işlari böyiça prorektor raisligida Stipendiya komissiyasitaşkil etiladi. Dekan, öqituvçilar, Yoşlar ittifoqi a'zolaridan iborat uşbu tuzilma rağbatlantiruvçi stipendiya tayinlaşda vakillik huquqiga ega böladi.
Talabalar kengaşi xulosasi asosida uşbu komissiya qaysi talabaga rağbatlantiruvçi stipendiya tayinlaşni hal qiladi», – dedi Buzrukxonov.
Xulosa örnida
Xöş, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligiga stipendiya tartibini özgartiriş nega kerak böldi?
Javob sifatida aytiş mumkinki, Özbekiston hukumati oliy ta'lim va quriliş sohalarini korrupsiyadan xoli sohalarga aylantiriş böyiça tegişli hujjatlar işlab çiqqan. Albatta, hujjat ijrosi böyiça Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi mutasaddilari örtasida tizimdagi korrupsiya böğinlarini aniqlaş böyiça ham tahlillar qilingan.
Tabiiyki, bu tizimdagi eng köp korrupsiya oliy ta'limga qabul va sessiya jarayonlarida kuzatiladi.
Qabul jarayonidagi korrupsiyaning oldini oliş maqsadida bir neça yillardan buyon turli özgarişlar qilinmoqda. Buni sönggi vaqtlarda test jarayonidagi qoidabuzarliklar ança kamayişida ham kuzatyapmiz.
Mantiqan olganda ham, endigi navbat sessiya jarayonidagi korrupsiyaga barham beriş va uni yuzaga keltirayotgan omillarni yöqotişga qaratilişi kerak edi.
Hozirgi özgarişlar, fikrimizça, ayni şu maqsadda qilinmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi