5 fevral kuni Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun 2023/2024-o‘quv yilida “Toshkent shahar prokurori stipendiyasi” joriy etish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbirda Toshkent shahar prokurori Erkin Yuldashev, TDYuU rektori v.v.b., professor Islambek Rustambekov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Bunyod Radjabov, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Bobir Mirzayev, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda memorandumdan ko‘zlangan maqsad, yoshlarga berilayotgan imtiyozlar va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi stipendiyaning ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, stipendiya TDYuUda ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarning nazariy bilimlarini huquqni qo‘llash amaliyoti bilan mustahkamlash, ularda prokurorlik kasbiy fazilatlarini shakllantirish, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga ko‘maklashish maqsadida joriy etiladi.