Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya o‘zbek talabalari uchun qo‘shimcha stipendiyalar ajratadi
O‘zbekiston elchixonasi va Janubiy Koreya universiteti rahbariyati iqtidorli o‘zbek talabalari uchun qo‘shimcha stipendiyalar ajratish hamda akademik almashinuv dasturini amalga oshirish to‘g‘risida kelishib olishdi.
O‘zbekiston elchisi Vitaliy Fen Janubiy Koreyaning Woosong universiteti prorektori Yu-Tek Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijasida talabalar, olimlar va professor-o‘qituvchilarning akademik almashinuvlarini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikdagi ta’lim loyihalari uchun muayyan moliyalashtirish imkoniyatlarini aniqlash, ikki davlatdagi ilmiy muassasalar, tegishli davlat idoralari va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda turli tadbirlar o‘tkazish, O‘zbekistonning iqtidorli talabalari uchun qo‘shimcha stipendiyalar (grantlar) joriy qilish va boshqa masalalar yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi.
Muzokaralar so‘ngida O‘zbekiston elchixonasi va Woosong universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid
17:27 / 29.05.2026
Ayrim doktorantlarning stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026