Özbekistonda «paxta işi» va qöşib yozişlar hamon davom etmoqda. Xususan, Kun.uz tahririyatiga kelib tuşgan ma'lumot, respublikaning Surxondaryo, Farğona, Toşkent, Jizzax, Namangan va Andijon viloyatlarida «Paxta-2019» mavsumida yirik miqdorda közböyamaçiliklar bölganini körsatmoqda. Jumladan, Surxondaryo viloyatidagi 7ta mas'uliyati çeklangan jamiyatlarda umuman qabul qilinmagan 22,3 ming tonna oq-oltin «qabul qilingani» haqida hisobot berilgan.

Kun.uz tahririyati ixtiyoriga Davlat statistika qömitasiga yöllangan xat nusxasi kelib tuşdi. Unda Özbekistonda 2019 yilgi paxta hosili yiğim-terim mavsumiga doir hisobotida qöşib yozişlarga yöl qöyilgani haqida söz boradi.

Jumladan, xatda şunday deyiladi:

«...37ta paxta tozalash korxonalari, 76ta paxta töqimaçilik işlab çiqarişlari va klasterlari hamda 7ta mas'uliyati çeklangan jamiyatda 2019 yil hosilidan qabul qilingan paxta xomaşyosi statistik hisobotlar va mavjud hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan nazorat tadbirlari ötkazildi. Nazorat tadbirlarida paxta tozalash korxonalari hamda paxta töqimaçilik işlab çiqarişlari va klasterlarining statistik hisobotlarida 2019 yil 1 dekabr holatiga qabul qilingan paxta xomaşyosining miqdori 2 mln 830,3 ming tonnani gaşkil etgan yoki Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 dekabrdagi «2019 yilda navlari böyiça joylaştirgan va paxta xomaşyosi yetiştirişning prognoz hajmlari töğrisida»gi 1037-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2 mln 958 ming tonna prognoz hajmlariga nisbatan 95,7 foizga bajarilgan. Şundan paxta tozalash korxonalariga 775 ming tonna, paxta töqimaçilik işlab çiqarişlari va klasterlariga 2 mln 33 ming tonna hamda mas'uliyati çeklangan jamiyatlarga 22,3 ming tonna töğri kelgan.

Ötkazilgan nazorat tadbirlari natijasida haqiqatda qabul qilingan paxta xomaşyosinnig miqdori 2 mln 697,1 ming tonnani taşkil etgan bölib, şundan paxta tozalash korxonalariga 775 ming tonna hamda paxta töqimaçilik işlab çiqarişlari va klasterlariga 1 mln 922,2 ming tonna töğri keldi.

Paxta töqimaçilik işlab çiqarişlari va klasterlari hamda mas'uliyati çeklangan jamiyatlari tomonidan qabul qilingan paxta xomaşyosi miqdorining statistik hisobotlarida qabul qilingan paxta xomaşyosiga nisbatan 142,9 ming tonnaga (4,5 foiz) köp qöşib körsatilib kelingan. Şundan 120,6 ming tonnasi paxta işlab çiqarişlari va klasterlari tomonidan körsatilgan bölsa, 22,3 ming tonna umuman paxta xomaşyosi qabul qilmagan Surxondaryo viloyatidagi 7ta mas'uliyati çeklangan jamiyatlariga töğri keladi.