Özbekiston iqtisodiyoti iqtisodiy ösiş va inson farovonligini ta'minlaş mumkin bölgan investitsiyalarga juda muhtoj. Investitsiyalarni (ham mahalliy, ham xorijiy) jalb qiliş uçun qulay investitsiya muhiti zarurligi barçaga ma'lum. Mulk huquqlarini himoya qiliş darajasi investitsion muhitning muhim unsuridir.

Investor biznesiga öz mablaği va mehnati, tajribasini, innovatsion işlanmalarini kiritadi. Şu bilan birga, u köplab xatarlarga duç keladi. Özbekiston şaroitida ular içida eng asosiysi reyderlik hujumlari oqibatida mulkidan ayriliş xavfidir. Afsuski, bizda köpinça davlat amaldorlari boş «qaroqçi» rolini öynaydi.

Madaniyatli mamlakatlarda mulkdorning manfaatlarini sud tizimi himoya qiladi. Afsuski, Özbekistonda bunday emas. Sudlar köpinça özlari himoya qilişlari kerak bölgan qonunlarni rad etib, «dunyoning ustunlari»: davlat idoralari, huquqni muhofaza qiliş idoralarining aytganini qiladi. Ular deyarli har doim davlat organlaridan keladigan da'vo va arizalar matnlarini nusxa köçirgandek qayta yozib çiqişadi. Va bunda odatda heç qanday asos yoki dalillar talab qilinmaydi.

Menimça, bu bugungi kunda investitsion muhit sifatining birinçi örinda turadigan muammosi. Şuning uçun har bir alohida holatda qonunga rioya qilinişini ta'minlaş juda muhim va sudlar qaçon öz vazifalarini vijdonan bajarişga kirişişiga e'tibor qaratiş lozim.

2020 yil 10 yanvarda Özbekiston sud tizimi tarixida muhim voqea sodir böldi. Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudya M.Ergaşev raisligida yetkazilgan zarar va davlat tölovlarini «Sovplastital»ning sobiq aksiyadori Qobiljon Bekxöjayev foydasiga undiriş töğrisida qaror qabul qildi.

Kun.uz sayti bu işning boşlanişini yoritgandi. Masalaning mohiyatini qisqaça eslatib ötaman.

«Sovplastital» kompaniyasi 2017 yilda qonuniy egalaridan tortib olingan. Bunga asos esa göyoki 1997 yilda amalga oşirilgan «notöğri» xususiylaştirişdir.

Aynan öşa paytda Davlat mulkini boşqariş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş davlat qömitasi va «Sovplastital» örtasidagi şartnomaga muvofiq, korxona aksiyalari quyidagiça taqsimlangan: davlatga – 30 foiz, mehnat jamoasiga – 60 foiz, xorijiy kompaniyalarga – 10 foiz. Bunday yondaşuv öşa davrdagi xususiylaştiriş qoidalari va amaliyotiga tölaligiça mos edi.

Nega tösatdan 20 yildan keyin uşbu şartnomani bekor deb hisoblaşga qaror qilişdi? Qanday asoslarda? Men da'vo arizalarini öqiganimda (ular ikkita edi), sud qarorida ularni topa olmadim. Amaldorlar şunçaki «xususiylaştiriş notöğri ötkazilgan» degan va sud itoatkorlik bilan bunga rozi bölgan.