Özbekiston iqtisodiyotiga mulkiy (binolar, inşootlar, dastgohlar va h.k.), insoniy (malaka, insonlar salomatligi) kapitallarni oşiriş, şuningdek, mamlakatning innovatsion salohiyatini yuksaltiriş uçun investitsiyalar suv va havodek zarur. Investitsiyalar köp jihatdan iqtisodiy ösiş va insonlar farovonligini oşiriş manbaidir.

Bu holatda töğridan-töğri investitsiyalarning örni juda muhim, çunki xorijiy investor qoida tariqasida nafaqat mablağ, zamonaviy texnologiyalar, bebaho işlab çiqariş va tijorat tajribalarni ham olib keladiki, ularning şarofatidan qisqa muddat içida jahon standartlariga mos va xos raqobatbardoş işlab çiqarişni yölga qöyiş mumkin.

Mamlakatimizda investitsiyalarni jalb qiliş borasidagi ahvol, yumşoq qilib aytganda, şunçaki abgor. Jahon bankining baholaşiça, Özbekistonda aholi jon boşiga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş darajasi sobiq ittifoq davlatlari orasidagi eng past körsatkiçni qayd etgan. 2000–2017 yillarda töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarning sof oqimi mamlakatning bir nafar fuqarosi boşiga 300 dollardan sal köproqni taşkil etgan. Taqqoslaş uçun: Estoniyada bu körsatkiç 19,5 ming dollarga teng, Qozoğistonda esa 9 ming dollardan ortiqroq. 2017 yilda Özbekistonga xorijiy investitsiyalarning sof oqimi 96 million AQŞ dollaridan sal kamroq miqdorni taşkil etdi, ya'ni bir kişi boşiga taqriban 3 dollardan töğri keladi. Estoniyada 2017 yilda bo‘ körsatkiç 1182 dollarni taşkil etgan.

Töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarning aholi jon boşiga sof oqimi, AQŞ dollarida

Manba: Butunjahon banki ma'lumotlari

Xususiy xorijiy (jumladan, içki) investitsiyalarning oqimi nimalarga boğliq?

Birinçidan, investorlar biznes yuritiş sarf-xarajatlariga e'tibor qaratişadi. Sönggi yillarda uşbu sarf-xarajatlarni qisqartiriş borasida talay işlar amalga oşirildi: valuta bozori erkinlaştirildi, naqd pullarni beriş uçun ma'muriy tösiqlar olib taşlandi, bank va taşqi iqtisodiy faoliyat sohasi erkinlaştirilmoqda, biznesni rivojlantiriş yölidagi ma'muriy tösiqlar bartaraf etilmoqda, soliq islohoti amalga oşirilmoqda.

Ikkinçidan, investorlarni ularning mulk huquqi neçoğlik himoyalangani qiziqtiradi. Investor biznesga özining pullari, mehnati, tajribasi va öz innovatsion işlanmalarini tikadi. Bu holatda u juda köplab risklarni öz zimmasiga oladi. Biznes turli sabablar: talab kutilganidek katta bömagani, bozorda kuçli raqobatçilar yoki investorning mahsulotini siqib çiqaradigan yangi mahsulotlar paydo bölgani tufayli ziyonli bölib qolişi mumkin. Bunday tijoriy risklar bozor iqtisodiyoti şaroitida tabiiy hol. Ularni işbilarmonning özi, aytaylik, marketing dasturlari yoki işlab çiqarişni diversifikatsiyalaş orqali boşqarişi kerak.