Kirov oblasti Kirovo-Çepetsk rayon sudi özini «DXR» deb e’lon qilgan hudud sobiq «mudofaa vaziri» Igor Strelkov (Girkin)ni «ekstremizm» işi böyiça jazoni ötaşdan şartli ravişda ozod etişni rad etdi. «Sud işni körib çiqiş natijalariga köra, hozirgi vaqtda I.V.Girkinga nisbatan jazoning ötalmagan qismini yengilroq jazo turiga almaştiriş muddatidan ilgari, degan xulosaga keldi va şu sababli iltimosnomani rad etdi», — deyiladi 22 yanvar, çorşanba kuni rayon sudi matbuot xizmati xabarida.
Igor Strelkov 2014 yilda Donbassdagi mojaroda qatnaşgan va Slavyansk şahrini egallaşda rossiyaparast ayirmaçilarga rahbarlik qilgan. 2022 yil fevral oyida Ukrainaga keng kölamli bosqin boşlanganidan söng, Strelkov uruşni qöllab-quvvatladi, ammo Rossiya rahbariyatini yetarli darajada harakat qilmayotgani uçun tanqid qildi.
Koloniya ma’muriyati: Strelkov tuzatiş yöliga ötmadi
U 2023 yil iyulida hibsga olingan va 2024 yil yanvarida «ekstremistik faoliyat»ga da’vat qilgani uçun tört yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Ta’qibga Strelkovning Telegram-kanalida Qrim va özini «DXR» deb e’lon qilgan hududda askarlarga tölovlar haqidagi ikkita post sabab böldi.
Strelkovning advokatlari 2024 yil dekabr oyi oxirida jazoni yumşatiş töğrisida iltimosnoma kiritdi. Uning rafiqasi Miroslava Reginskayaning sözlariga köra, koloniya ma’muriyati sud majlisi uçun xarakterli ma’lumotnoma yuborgan, unda «tuzatiş maqsadiga erişilmagan va uning yana jinoyat sodir etmasligiga işonç yöq» deb ta’kidlangan. Hujjatda Strelkov «ekstremistik ğoyali şaxs sifatida» profilaktik reyestrda ekanligi, şuningdek, u öz aybini tan olmasligi, «öz qilmişidan tavba qilmagani, mehnatni tuzatiş vositasi deb hisoblamasligi va noaniqlikni qöllab-quvvatlaşi» ta’kidlangan.
Reginskayaning sözlariga köra, Strelkovning özi arizadan ijobiy natija kutmagan va sud majlisida iştirok etişdan boş tortgan.












