Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik ob-havo mutaxassislari 1,56 mlrd dollarlik superkompyuter oladi
Britaniya meteorologik xizmati (Met Office) ob-havo bo‘yicha prognozni aniqroq berish uchun 1,56 mlrd dollarlik superkompyuter bilan ta'minlanadi. U Met Office’ga 2022 yil oxiriga qadar beriladi.
Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. Britaniyaning tadbirkorlik bo‘yicha vaziri Alok Sharmning ma'lum qilishicha, superkompyuterni moliyalashtirish loyihasi ob-havo va iqlimni modellashtirishni yaxshilashga qaratilgan.
“Bu har bir odam, har bir davlat muassasasi va iqtisodiyotning har bir sohasi uchun muhimdir”, deb aytgan Met Office rahbari Penni Endersbi.
Yangi qurilma dunyoning eng kuchli 50 ta superkompyuter orasiga kiruvchi amaldagi superkompyuter o‘rnini egallaydi. Ayni vaqtda ushbu superkompyuter har kuni sun'iy yo‘ldoshlar, meteorologik stansiyalar va okeandagi buylardan 200 mlrddan ko‘proq xabar oladi va uning quvvati bunday katta hajmdagi axborotni qayta ishlashga yetmayapti.
Yangi superkompyuter Met Office ixtiyoriga 2022 yil oxirigacha topshiriladi va 5 yil davomida uning unumdorligi yaxshilanib boriladi.
Qurilmaning texnik imkoniyatlari oshkor qilinmagan.
Superkompyuter Yer atmosferasining virtual modelini yaratib, uni tomoni 100 metrlik kvadratlarga bo‘lib chiqadi. Amaldagi superkompyuter tomoni 10 kmlik kvadratlardagi ob-havo bo‘yicha prognozni shakllantira oladi.
Mavzuga oid
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
15:20 / 13.06.2026