Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchining qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijasida uch kishi vafot etdi
Joriy yilning 18-fevral kuni soat 08:30 larda A-373-B “Qo‘qon shahriga kirish” yo‘li Dang‘ara tumani hududidan o‘tgan qismining 14-kilometrida haydovchi U.A. “Neksiya” rusumli transport vositasini boshqarayotib qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijasida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi Buvayda tumanida yashagan Y.A. boshqaruvidagi “Tiko” rusumli transport vositasiga hamda uning ortida harakatlanib kelayotgan Furqat tumanida yashovchi J.Z. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasiga to‘qnashgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Natijada, “Tiko” rusumli transport vositasi xaydovchisi A.Y. va yo‘lovchisi M.B. hamda “Lasetti” rusumli avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi M.X.lar voqea joyida vafot etishgan.
Mavzuga oid
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
15:21 / 03.06.2026