Voqea 28 may soat 23:50 larda tumanning Çaqar mahallasi hududida röy bergan.

IIV YHXX xabariga köra, Damas'ni 2009 yilda tuğilgan, hali haydovçilik yoşiga yetmagan yigit boşqargan. Avtomobilda undan taşqari yana 4 nafar tengqurlari ham bölgan.

Nexia rulidagi şaxs esa ularning tanişi – 2006 yilda tuğilgan, haydovçilik guvohnomasi yöq erkak bölgan.

Ikkala maşina kimözarga öynab, bir yönalişda harakatlanayotgan paytda halokatga uçragan. Oqibatda Damas'ning 17 yaşar haydovçisi va Nexia'dagi yölovçi vafot etgan. Qolganlar turli darajadagi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yetkazilgan.

YHXX reportajidan ma’lum bölişiça, 20 yoşli Nexia haydovçisi guvohnomasi bölmasa-da, avvaldan avtomobil haydab yurgan, mahalla ahlining bundan xabari bölgan.

“Farzand tarbiyasida umuman rahm qilmaslik kerak ekan-da, otib taşlasa ham... Kalit joyida bölmaganda minib keta olmasdi”, – degan haydovçilardan birining otasi.

Içki işlar organlari hodisa yuzasidan mahallada jamoatçilik muhokamasini taşkil etgan.

“Ikkita-uçtadan öğil hammada bor, lekin biz [maşinani] bolalarimizga bermaymiz. Pravasi bor haydaydi! Şuning uçun ota-onalarga jarimani bosiş kerak, komandir”, – degan keksalardan biri.

Rasmiy reportajda voqeaga mahalla-köy va yoşi kattalarning befarqligi, jamoatçilik nazoratining sustligi va ta’siri yöqligi sabab bölgani ta’kidlangan.