Prezident «Narxoz» böyiça yangi qaror imzolaydi (batafsil)
|15:50 / 22.02.202066 66712 min
Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari qabul qilinadi
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Prezidentning “Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Qayd etilişiça, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga xizmat qiladigan iqtisodiyot sohasida kadrlarni tayyorlaş borasida bugungi kunda öz yeçimini kutayotgan dolzarb muammo va kamçiliklar saqlanib qolmoqda. Bular:
birinçidan, şiddat bilan rivojlanayotgan amaliy jarayonlar, mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qiliş, uni har tomonlama kompleks rivojlantirişga xizmat qiladigan ilğor tajribalarning ta'lim yönalişi va mutaxassisliklari öquv rejalari va fan dasturlarida özining aksini topmayotganligi, nazariy bilimlarning amaliyot bilan uzviy boğlanmaganligi yuzaga kelgan;
ikkinçidan, globallaşuv şaroitida iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida yuz berayotgan tarkibiy özgarişlar, iqtisodçi mutaxassis kadrlarga bölgan yangiça talablarning vujudga kelayotganligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalaniş, raqamli iqtisodiyotni joriy etiş böyiça zamon talabiga mos bölgan oliy ma'lumotli va tanqidiy tahlil qiliş kompetensiyasiga ega bölgan kadrlarga bölgan ehtiyoj yuqoriligiça qolmoqda;
uçinçidan, professor-öqituvçilarning ilmiy-pedagogik salohiyati, kasbiy bilim darajasi, şuningdek, amaliyotda yuz berayotgan özgarişlar bilan uyğun holda tajribalarini muntazam oşirib boriş mexanizmlarini joriy etiş, kasbiy mahoratlarini oşirişda xorijiy ilmiy tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarining ilğor tajribalaridan foydalaniş yölga qöyilmagan;
törtinçidan, oliy ta'lim–ilm-fan–işlab çiqariş örtasidagi samarali integratsiyaning örnatilmaganligi, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaşda eskiça qaraşning saqlanib qolayotganligi, ilmiy izlaniş natijalarining amaliyotga joriy etiş, ularni tijoratlaştiriş bilan boğliq tösiqlarning mavjudligi, ijtimoiy-iqtisodiyot sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanişlarning real hayotda mavjud bölgan muammolar yeçimiga qaratilmaganligi oqibatida ilmiy faoliyatning samaradorligi pastligiça qolmoqda;
beşinçidan, professor-öqituvçilar tomonidan auditoriyalarda professional darajada bilimlarning berilmayotganligi, talabalar bilimini baholaşda adolatli va şaffof tizimning yaratilmaganligi, talabalarning işlab çiqariş va malakaviy amaliyotlarini samarali taşkil etilmaganligi bitiruvçilarning mehnat bozori talablariga töliq javob bermasligi hamda mutaxassisligi böyiça işga joylaşa olmayotganligiga olib kelmoqda.
Mavzuga oid
Quyidagilar Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatini yanada takomillaştiriş, oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlaşning ustuvor yönalişlari etib belgilanadi:
mehnat bozori talablariga javob bera oladigan, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlari uçun zamonaviy bilim va könikmalarga ega oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlaş, bitiruvçilarning kasbiy-malaka darajasini xalqaro mehnat bozorida tan olinişini ta'minlaş;
ta'limning sifati va raqobatbardoşligini ta'minlaş maqsadida 2020/2021 öquv yilidan boşlab kredit-modul tizimiga ötiş va jahondagi yetakçi va nufuzli oliy ta'lim muassasalarining ilğor tajribalarini tatbiq etiş asosida öquv rejalari va fan dasturlarini işlab çiqiş, öquv va ilmiy-uslubiy ta'minotni ta'minlaş;
zamonaviy ta'lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari könikmalariga ega bölgan, multimadaniy va multilingvistik muhitda dars bera oladigan, tadqiqot könikmalariga ega bölgan, Özbekiston hukumati va biznes oldida turgan ahamiyatli vazifalarning yeçimini topa oladigan yangi avlod professor-öqituvçilarini şakllantiriş;
mustaqil ta'lim soatlari uluşini 60 foizgaça oşiriş, talabalarda tanqidiy, ijodiy va kreativ fikrlaş, tizimli tahlil qiliş, tadbirkorlik könikmalarini şakllantiriş, öquv jarayonida kompetensiyalarni kuçaytirişga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etiş.
Universitetda 2020/2021 öquv yilidan:
xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda taşkil etiladigan qöşma ta'lim dasturlari hamda tegişli ta'lim yönalişlari böyiça öquv rejalari va fan dasturlarini Universitet tomonidan mustaqil tasdiqlaş;
ta'lim yönalişlarini optimallaştiriş orqali talabalar qabulini asosan “Iqtisodiyot” ta'lim yönalişida amalga oşiriş, birinçi va ikkinçi öquv yilida “Umumiy iqtisodiyot” fakulteti bazasida matematika, matematik apparati mavjud bölgan fanlar, axborot texnologiyalari, iqtisodiyotda fundamental fanlar böyiça çuqur bilimlarni beriş;
talabalarni 3-kursdan seleksiya orqali alohida guruhlarga ajratib maxsus dasturlar asosida öqitişni taşkil etiş va ularning sohalar böyiça bilim darajalari hamda qiziqişlari böyiça mutaxassisliklarga ajratişni yölga qöyiş;
“Statistika” va “Turizm” ta'lim yönalişlari böyiça talabalarning bakalavriat bosqiçidagi öqiş muddatini 3 yildan kam bölmagan tarzda amalga oşiriş amaliyotini joriy etiş hamda uning tegişli me'yoriy-huquqiy hujjatlarini işlab çiqiş;
talabalar amaliyotini maqsadli taşkil etiş va işga joylaşişiga har tomonlama kömaklaşiş, potensial iş beruvçilar röyxatini şakllantirib boriş va hamkorlik qiliş, şuningdek avvalgi bitiruvçilar salohiyatidan unumli foydalanişga qaratilgan “Endaument” fondini taşkil etiş;
ta'lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallaştiriş, masofaviy ta'lim xizmatlarini rivojlantiriş, vebinar, onlayn, «blended learning», «flipped classroom», «spin-off» texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etiş;
öquv jarayoniga kouçer usulini (maslahat va trening usuli) kiritiş va kouçerlarni jalb qiliş orqali talabalarga ma'lum bir kasbiy maqsadga erişişga yordam beriş tizimini joriy etiş;
tayanç doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvçilarning öz ilmiy tadqiqot işlarini himoya qiliş jarayonlarini jadallaştiriş hamda şaffofligini ta'minlaşga qaratilgan elektron platformani yaratiş, unda ilmiy maqolalar, ilmiy-uslubiy işlanmalar, ixtiro va kaşfiyotlar hamda tadqiqotning boşqa natijalari töğrisidagi ma'lumotlarni joylaştirib boriş tizimi yölga qöyiladi.
Universitet faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça “Yöl xaritasi” tasdiqlanadi.
Universitetga yuksak mustaqil fikrlaşga qodir, ma'naviy-axloqiy fazilatli kadrlar tayyorlaşni közda tutuvçi quyidagi çora-tadbirlarni amalga oşiriş vazifalari yuklanadi:
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Akademik litseyini muvaffaqiyatli tugatgan öquvçilarga bakalavriat bosqiçiga öqişga kiriş uçun test natijalarida olgan umumiy ballning 30 foizi miqdorida qöşimça ball beriş tartibini joriy etiş;
raqamli universitet modeliga ötiş asosida ta'limni boşqariş, sifatni nazorat qiliş, talabalar bilimini baholaşning elektron tizimi joriy etiladi, boşqaruv va öquv jarayonlariga inson omili ta'siri minimallaştirilib, korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan şaffof mexanizmni yaratiş;
korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça boşqaruv tizimini joriy etiş, xalqaro standart talablaridan kelib çiqib, öquv, ilmiy tadqiqot va taşkiliy jarayonlarni samarali yölga qöyiş.
Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida alohida bölinma sifatida “Universitet 3.0” xalqaro öquv va ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi taşkil etiladi.
Quyidagilar markazning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanadi:
Elektron universitet konsepsiyasi doirasida öquv, öquv-uslubiy va ilmiy tadqiqot sohalari faoliyatini raqamlaştiriş, hujjatlar ayirboşlanişini avtomatlaştiriş;
universitet bitiruvçilarining milliy va xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoşligini ta'minlaş maqsadida ularga ta'lim yönalişi va mutaxassisligi böyiça oliy ma'lumot diplomi bilan bir qatorda xalqaro miqyosda tan olingan (ACCA, CIMA, CFA va boşq.) diplom va sertifikatlar beriş amaliyotini joriy etiş;
Ommaviy oçiq onlayn-kurslarni yaratiş, ta'lim yönalişlari va mutaxassisliklar öquv rejalarida belgilangan zamonaviy fanlarning video va audio ma'ruzalarini tayyorlaş, ularni global internet tarmoğiga joylaştiriş.
Belgilab qöyilişiça, davlat budjeti mablağlari, şartnoma asosida ta'lim va boşqa turdagi xizmatlar körsatişdan tuşadigan tuşumlar, ilmiy-texnik dasturlarga ajratilgan grantlar, ilmiy-innovatsion biznesni rivojlantiriş uçun uçinçi şaxslar tomonidan ajratilgan maqsadli moliyaviy, homiylik, xayriya mablağlari, korxona va taşkilotlar bilan xöjalik şartnomalarini amalga oşirişdan olingan daromadlar, şuningdek, qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan boşqa manbalar markaz faoliyatini moliyalaştiriş manbalari hisoblanadi.
Universitet Vasiylik kengaşiga iqtisodiyot tarmoqlarining kadrlarga bölgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda, şuningdek istiqbolda bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça tölov-kontrakt miqdorlarini Universitetning öz xarajatlarini qoplaş darajasidan kelib çiqib mustaqil belgilaş tizimiga ötiş huquqi beriladi.
Universitet rektoriga quyidagi vakolatlar beriladi:
ilmiy tadqiqotlar sohasida universitet professor-öqituvçilari, izlanuvçilari va xodimlarni Scopus, Web of science, Science Direct va boşqa xalqaro ilmiy-texnik bazalar tizimiga kiruvçi ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar çop etganligi, şuningdek, ilmiy-uslubiy, ilmiy tadqiqot, taşkiliy-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy işlar bajarilişidan kelib çiqib, iş haqiga 200 foizgaça ustamalar belgilaş;
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda kadrlar buyurtmaçilari takliflari asosida yangi ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklarini oçiş, öquv reja, fan dasturlari va ta'lim beriş muddatlariga özgartirişlar kiritiş.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi va universitet rektoriga 2020 yil 1 mayga qadar prezidentning PF-5812-sonli farmonida belgilangan vazifalardan kelib çiqib, universitetga biriktirilgan Ta'limning xalqaro standart tasniflagiçi darajalari bilan uyğunlaşgan texnikumlar hamda köp tarmoqli öquv markazlari va amaliyot poligonlarini taşkil etiş uçun berilgan kasb-hunar kollejlari faoliyatini rivojlantiriş bilan boğliq kompleks çora-tadbirlarni işlab çiqiş va örnatilgan tartibda tasdiqqa kiritiş vazifasi yuklanadi.
Aholining keng qatlami, ayniqsa, mamlakatning çekka hududlarida istiqomat qilayotgan yoşlarning oliy ta'lim bilan qamrovini kengaytiriş hamda xorijiy fuqarolarni öqişga jalb etiş maqsadida Universitetda 2021/2022 öquv yilidan masofaviy öqitiş şakli (onlayn, vebnet, vebinar, e-learning dasturi va ş.k.) tajriba tariqasida taşkil etiladi.
Universitet balansida bölgan Toşkent viloyati Böstonliq tumani, Navabot QFYda joylaşgan “Iqtisodçi oromgohi”ni qayta ta'mirlaş işlariga, xususan Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Toğ turizmi, Turizm va dam oliş menejmenti ta'lim yönalişlari böyiça amaliyot darslarini taşkil etiş maqsadida davlat-xususiy şerikçiligi şaklida mehmonxona, köngil oçar inşootlar, turizmni rivojlantirişga qaratilgan turli infrastrukturalar qurilişiga ruxsat beriladi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi va Universitetning xususiy sektor vakillari bilan özaro manfaatli hamkorlik aloqalarini örnatadigan, ta'lim va ilmiy-innovatsion işlanmalarni tijoratlaştirişga xizmat qiladigan köp tarmoqli “TSUE-INVEST” mas'uliyati çeklangan jamiyatni taşkil etiş taklifiga rozilik beriladi.
Quyidagilar “TSUE-INVEST” mas'uliyati çeklangan jamiyatning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
autsorsing asosida ta'limga xizmat qiladigan va Universitet infrastrukturalarini rivojlantirişga qaratilgan turli mulk şaklidagi korxona va kompaniyalar hamda xalqaro moliya taşkilotlari bilan töğridan-töğri şartnomalarni imzolaş;
Universitetning moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalaş, zamonaviy bino va inşootlarni quriş, öquv va ilmiy laboratoriya jihozlarini xarid qiliş bilan boğliq işlarni taşkil etiş;
xalqaro va mahalliy investorlarni jalb qilgan holda ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sohalarini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarişga xizmat qiladigan investitsion loyihalarda faol iştirok etiş;
Universitet professor-öqituvçilari, ilmiy xodimlar va iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan innovatsion ğoya va işlanmalarni tijoratlaştirişga kömaklaşiş, pullik ta'lim xizmatlari kölamini kengaytiriş va rivojlantiriş böyiça buyurtmalar portfelini şakllantiriş.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi