Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat test markazining yangiliklar saytidan 200 mln so‘m undirish bo‘yicha da'vosi rad etildi
2019 yilning dekabrida Davlat test markazi sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish hamda 200 mln so‘m miqdorida ma'naviy zarar undirish maqsadida «Gazeta.uz» va uning muallifi Komil Jalilovni sudga bergandi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida, sudya Shukrullayeva raisligida ko‘rib chiqilgan ish 27 fevral o‘z nihoyasiga yetdi.
Ochiq sud majlisida bevosita ishtirok etgan Kun.uz vakilining xabar berishicha, sudning hal qiluv qarori bilan Davlat test markazining «Afisha – Media» mas'uliyati cheklangan jamiyati («Gazeta.uz» sayti muassisi)dan sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish hamda 200 mln so‘m miqdorida ma'naviy zarar undirish to‘g‘risidagi da'vo talablari qanoatlantirishdan rad etilgan.
Taraflarga hal qiluv qarorini olgan kundan boshlab 20 kun muddat ichida shu sud orqali fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat kiritish mumkinligi tushuntirildi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ham «Gazeta.uz» internet nashrining manfaatlarini ko‘zlab sudda ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida Davlat test markazining «Gazeta.uz» sayti va uning muxbiri K.Jalilovga maqola yuzasidan raddiya e'lon qilish va rasmiy ravishda uzr so‘rash majburiyatni yuklash, shuningdek solidar tartibda 200 million so‘m miqdorida ma'naviy zararni undirish haqidagi talablari yuzasidan fuqarolik ishi ko‘rib chiqilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:11 / 25.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
16:14 / 05.05.2023
Qabul boshlanishiga 1,5 oy qoldi – bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti?
18:26 / 27.03.2023
Imtihonda qo‘lga tushgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan 5-7 yilgacha chetlashtirilishi rad etildi
16:27 / 30.08.2022