O‘zbekiston | 13:26 / 27.02.2020
2529
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Avstraliya pedagogika universitetlarida tahsil olayotgan talabalar almashinuvini tashkil etadi 

Xalq ta'limi vazirligi hamda Avstraliya delegatsiyasi o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

Xalq ta'limi vazirligida Avstraliya delegatsiyasi bilan o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muzokara bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov Avstraliyaning Savdo va investitsiyalar bo‘yicha komissiyasi menejyeri Natalya Konovalova boshchiligidagi Monash universiteti, Murdoch universiteti, Sidney va Navitis texnologiya universiteti vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 1000 ta universiteti qatoriga kiruvchi Avstraliyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston tomoni Avstraliyadagi o‘quv yurtlarini qo‘shma trening, seminar, konferensiya, onlayn kurs va tadqiqotlar o‘tkazishga taklif qildi. Xususan, pedagogika universitetlarida tahsil olayotgan o‘qituvchi va talabalar almashinuvini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlar o‘qituvchilarga sertifikat berish kabi Avstraliyaning boshqa ilg‘or tajribalarini O‘zbekistonda qo‘llash masalalarini muhokama qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid