1115ta korxonada davlat uluşi xususiy sektorga töliq sotiladi - Prezident qarori loyihasi
|12:35 / 28.02.202024 0998 min
Iqtisodiyotda davlat uluşini qisqartirişga doir qöşimça çora-tadbirlar qabul qilinadi
Foto: ShutterstockFoto: Shutterstock
Prezidentning “Iqtisodiyotda davlat uluşini qisqartirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Qayd etilişiça, boş vazir, uning örinbosarlari va prezident maslahatçilari boşçiligida tuzilgan davlat iştirokidagi korxonalarni isloh etiş böyiça Işçi guruhlari tomonidan davlat iştirokidagi korxonalar tanqidiy tahlil etilganligi hamda iqtisodiyotda ular uluşini keskin qisqartiriş böyiça takliflar işlab çiqilgan.
Quyidagilar:
davlat iştirokidagi korxonalar röyxatlari böyiça:
davlat aksiya paketlari (uluşlari) xususiy sektorga töliq sotiladigan korxonalar (1115ta korxona);
davlat-xususiy şerikçilik asosidagi loyihalarni amalga oşiriş uçun taklif etiladigan korxonalar (42ta korxona);
davlat muassasalariga özgartiriladigan korxonalar (153ta korxona);
filial sifatida qayta taşkil etiladigan korxonalar (110ta korxona);
tugatiş yoki bankrotlik taomili qöllanadigan korxonalar (708ta korxona);
2020-2025 yillarda Özbekistonning davlat iştirokidagi korxonalarga egalik qiliş, ularni boşqariş va isloh qiliş Strategiyasi tamoyillarini joriy etiş şarti bilan davlat aksiya paketlari (uluşlari) töliq yoki qisman saqlab qolinadigan korxonalar (555ta korxona);
xususiy sektorga sotiladigan davlat köçmas mulk obektlari röyxati (125ta obekt);
Davlat aktivlarini xususiylaştiriş tartibini soddalaştiriş va ularni sotiş jarayonlarini jadallaştirişga qaratilgan me'yor va tadbirlar tasdiqlanadi.
Davlat mulkini sotişda tender savdolarini ötkaziş böyiça davlat komissiyasi (A. Aripov):
2020-2025 yillar davomida davlat aktivlarini savdoga çiqariş, davlat iştirokidagi korxonalarni qayta taşkil etiş va tugatiş grafigini korxonalarni sotişdan oldin tayyorlaş, jumladan ularning jozibadorligini oşiriş, davlat uluşini qisqartiriş uçun qöşimça aksiyalar çiqariş böyiça tadbirlarni amalga oşiriş uçun talab etiladigan muddatlarni inobatga olgan holda tasdiqlanişini;
har yili 1 martga qadar tegişli vazirlik va idoralar hisobotlari korxonalarda davlat iştirokini saqlaş zaruratini körib çiqilişini va mazkur korxonalarning yangilangan röyxatini Davlat aktivlarini boşqariş agentligi saytida joylaştirib borilişini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
Davlat tender komissiyasiga quyidagi vakolatlar beriladi:
körsatilgan davlat iştirokidagi korxonalarni röyxatiga ularni bir röyxatdan boşqasiga ötkaziş orqali, şuningdek ularni sotişning şartlari va mexanizmlariga (auksion, tanlov, tender, töğridan-töğri muzokaralar orqali, IPO, SPO va boşqalar), jumladan qöşimça aksiyalar çiqariş natijasida davlat uluşini kamaytiriş yöli bilan özgartirişlar kiritiş;
mazkur qarorga muvofiq xöjalik jamiyatlari sifatida qayta taşkil etilayotgan korxonalarning aksiya paketlari (uluşlari)ni baholamagan holda zaruratga köra istisno tariqasida tegişli vazirlik va idoralarga işonçli boşqaruvga beriş;
davlat aksiya paketlari (uluşlari) va köçmas mulk obektlarini ommaviy savdolarga çiqarişda boşlanğiç narxini mazkur davlat aktivlarining likvidligi, ularga bölgan talabni inobatga olgan holda (aksiyadorlar (iştirokçilar) hamda ijaraçilar tomonidan sotib olişning imtiyozli huquqini qöllamagan holda balans, nominal, kotirovka, sof aktivlari qiymatiga mutanosib ravişda, davlat aktivlari baholangan narxining 50 foizi miqdorida va boşqa narxda) belgilaş;
ayrim davlat aktivlarini sotiş böyiça tender savdolarini ötkazişda ularning boşlanğiç narxini körsatmagan holda e'lonlar beriş hamda ularni baholaş taşkiloti tomonidan aniqlangan qiymatidan qat'iy nazar, kelib tuşgan eng yaxşi taklif asosida sotiş.
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şerikçilikni rivojlantiriş agentligi (Xoljigitov), Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar Agentlik (Bekenov) bilan birgalikda körsatilgan korxonalar negizida davlat-xususiy şerikçilik loyihalarini amalga oşiriş böyiça “Yöl xarita”sini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
a) davlat iştirokidagi korxonalarni xususiylaştiriş (davlat tasarrufidan çiqariş) jarayonida ularning mulklarini hamda majburiyatlarini xatlovdan ötkaziş böyiça Agentlik tomonidan auditorlik taşkilotlari bilan xizmatlar körsatiş böyiça şartnomalar tuzilişi mumkin;
b) xususiylaştirilayotgan (davlat tasarrufidan çiqarilayotgan) korxonalarning mulklari hamda majburiyatlarini xatlovdan ötkaziş jarayoniga auditorlik taşkilotini eng yaxşi taklif asosida tanlanadi va tölovlar Davlat aktivlarini boşqariş, transformatsiya va xususiylaştiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşiriladi;
v) davlat uluşlarini sotib oliş şartnomalari doirasida qisman tölovni amalga oşirgan xaridorlarga “tasarruf etiş huquqisiz” egalik sertifikati beriladi hamda töliq tölovlar amalga oşirilgunga qadar uluş qiymatining tölangan qismiga mutanosib ravişda jamiyat boşqaruvida iştirok etiş va dividendlarni oliş huquqi beriladi;
g) davlat köçmas mulk obektini ommaviy savdolar orqali sotiş natijasi böyiça ijaraçi (bir yildan kam bölmagan muddatda ijara şartnomasi mavjud bölgan) ğolib bölgan taqdirda oldi-sotdi şartnomasini tuzişda unga xarid narxining 20 foizi miqdorida çegirma beriladi;
d) mazkur qaror qabul qilinişi munosabati bilan avval qabul qilingan qarorlar doirasida savdolarga çiqarilgan davlat aktivlarini savdolardan yeçiş, qayta baholaş va takroran savdoga çiqariş talab etilmaydi;
ye) sotiladigan obektlar böyiça balansida saqlovçi taşkilotlar rahbarlari öz vaqtida oldi-sotdi şartnomasini rasmiylaştiriş va obektni investorga topşirilişi uçun şaxsan mas'ul hisoblanadilar.
Bunda, şartnomani rasmiylaştirilişi va obektni investorga topşirilişi keçiktirilganda, investorlar davlat obektini balansida saqlovçi taşkilotdan ommaviy savdolarda iştirok etiş uçun tölangan zakalat pulining 10 barobari miqdorida jarima tölaşni talab qiliş huquqiga ega böladi;
j) boşqaruv organlarining qarori asosida davlat uluşi 50 foizdan ortiq bölgan xöjalik jamiyatlariga tegişli aksiya paketlari (uluşlari)ni hamda köçmas mulk obektlarini sotiş mos ravişda qimmatli qoğozlarning uyuşgan savdo tizimlarida hamda “Ye-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonçasida amalga oşiriladi;
z) avval qabul qilingan xususiylaştiriş dasturlariga, prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq sotilgan davlat aktivlari böyiça, oldi-sotdi şartnomalari qonunçilikda belgilangan tartibda bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, mazkur davlat aktivlari Agentlik yoki uning hududiy organlarining qaroriga muvofiq takroran ommaviy savdolarga çiqariladi.
Agentlik direktoriga:
davlat iştirokidagi korxonalarning faoliyat yönalişidan kelib çiqib xususiylaştiriş böyiça Loyiha ofislarini taşkil etiş;
nostrategik va nominal qiymati bazaviy hisoblaş miqdorining beş ming baravaridan yuqori bölmagan xöjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi 25 foizgaça bölgan davlat aksiya paketlari (uluşlari)ni sotiş;
Agentlikka ötgan davlat köçmas mulk obektlarini sotiş böyiça qaror qabul qiliş huquqi beriladi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Agentlik, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kiçik biznes va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şerikçilikni rivojlantiriş agentligi Milliy teleradiokompaniya bilan birgalikda «Road Show» ötkaziş dasturlarini tayyorlasin hamda yirik xalqaro biznes va moliyaviy markazlarda maqsadli auditoriyalar uçun muntazam ravişda taqdimotlar ötkazilişini taşkil etadi.
Vazirlik va idoralar, şuningdek joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari investorlar, şu jumladan xorijiy investorlar bilan investitsiya kelişuvlari (bitim, şartnoma, memorandumlar)ni tuzişda, agar ular davlat mulkini begonalaştirişni közda tutsa, majburiy tarzda Agentlik bilan kelişişlari şart.
Agentlik:
2020 yil 1 iyungaça Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi hamda xalqaro ekspertlar bilan birgalikda Davlat tender komissiyasiga 25 ta davlat iştirokidagi korxonalarning birlamçi va ikkilamçi aksiyalarini ommaviy taklif (IPO va SPO) şaklida sotiş böyiça “Yöl xaritasi”ni;
Vazirlar Mahkamasiga davlat aktivlarini xususiylaştiriş jarayonlarini tadbirkorlik sub'yektlariga va aholiga yetkaziş böyiça Çora-tadbirlar dasturini tasdiqlaş uçun kiritadi. Bunda davlat mulki obektlarini ommaviy savdolar orqali sotiş töğrisidagi reklama va e'lonlar ijtimoiy reklama sifatida yoritilişi közda tutiladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tugatilayotgan davlat iştirokidagi korxonalardagi xodimlarni işga joylaştiriş va ijtimoiy himoyalaşni ta'minlaşda amaliy yordam körsatadi.