Birinchi chorakda qariyb 9 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi
Shavkat Mirziyoyevga 21 aprel kuni investitsiya sohasida joriy yil birinchi chorakda qilingan ishlar hamda navbatdagi asosiy vazifalar bo‘yicha axborot berildi.

Qayd qilinishicha, joriy yil birinchi chorakda 8 milliard 700 million dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 20 foizga o‘sdi.
Bu mablag‘lar evaziga energetika, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, kommunal va ijtimoiy sohalarda ko‘plab muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Bunda qo‘shilgan qiymat va ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Birinchi yarim yillik yakuni bilan 18 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi kutilmoqda.
Umuman, 2025 yilda 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etilishi, 81 ta yirik, 8 mingdan ortiq o‘rta va kichik loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Mutasaddilarga har bir loyiha bo‘yicha manzilli ishlab, barcha vazirlik, hokimlik va tarmoq rahbarlarini jalb qilib, tegishli masalalarni o‘z vaqtida hal etib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Hozirgi kunda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlar sharoitida har bir investor bilan yaqindan ishlab, xorijiy sarmoyalar samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Eng asosiysi – yangi investitsiya loyihalarini tezroq ishga tushirib, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish hamda yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish muhimligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
-
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj
Jamiyat | 07:53
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
Mavzuga oid

19:35 / 16.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriya va Sloveniyaga tashrif buyuradi

20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi

17:41 / 15.05.2025
Ta’lim sohasi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan majlislarga chaqirish taqiqlandi

17:38 / 15.05.2025