Namangan viloyati YHXB boşliği Mansur Gaziyev avtomobillarni ijaraga beruvçi Telegram guruh va kanallarining aksariyat a’zolari maktab öquvçilaridan iboratligini ma’lum qildi Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.
“Bot-bot tilga olinayotgan ‘Namangan yezda’ kanali auditoriyasini tahlil qildik. 3200 nafar a’zosidan bor-yöği 150 nafarga yaqini avtomobillarni ijaraga beruvçilar, qolgan 90 foizi voyaga yetmaganlar, asosan, maktab öquvçilari”, degan viloyat YHXB boşliği.
Mansur Gaziyevga köra, avtomobillarni ijaraga beruvçilar bilan birma-bir muloqot qilinib, voyaga yetmaganlarga maşinalarni berib yuborişning yomon oqibatlari haqida ogohlantirilmoqda.
“Suhbat jarayonlaridan ma’lum bölyaptiki, bunday şaxslarning köpçiligi özi avtomobilini ijaraga olgan yoki kredit tölayotganlar. Agar özi maşinasini boşqarib, köçaga çiqsa, kuniga 200-300 ming söm topişi mumkin. Ijaraga berib yuborsa, soatiga şu pulni topyapti. Ammo avtomobilni olgan bolalar nobud bölayotgani yoki nogiron bölib qolayotgani haqida öylaşmayapti. Avtomobiliga şikast yetkazgani uçun bolalar va ularning ota-onalari böyniga 10-20 million söm qarz ilib qöyilgan holatlar bor”, degan Mansur Gaziyev.
Ta’kidlanişiça, avtomobilini voyaga yetmaganlarga ijaraga berayotgan şaxslarga nisbatan jazo çoralarini kuçaytiriş yuzasidan tegişli takliflar berilgan. Bu borada deputatlar, jamoatçilik faollari va OAV vakillari bilan hamkorlikda işlanmoqda.
Avvalroq Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi transport vositalarini qisqa muddatga ijaraga beriş faoliyatini noqonuniy amalga oşiriş holatlari va buning oqibatida kelib çiqayotgan oğir holatlar yuzasidan jiddiy taşviş bildirib, Transport vazirligi va Içki işlar vazirligiga deputat sörovi yuborgandi. Fraksiya a’zosi Dilmurod Ismoilov tomonidan yuborilgan sörovda ayrim “tadbirkorlar” inson hayoti va soğliğidan öz manfaatlarini ustun qöyib, belgilangan qoidalarni çetlab ötayotganiga e’tibor qaratilgan.
Kun.uz oldinroq Namanganda maşinasini ijaraga beriş “biznes” darajasiga çiqayotgani, bunday noqonuniy faoliyat bilan şuğullanayotganlarga nisbatan jiddiy çora körilmayotgani haqida yozgandi








