Qöl uçida bajarilgan işlar uçun javobgarlik yengilmi yoxud jazo muqarrar emasmi? Ehtimol, boşqa sababi bordir? Ayniqsa, gap davlatning besamar sarflangan milliard-milliard söm mablağ haqda ketganda kişining joni açiydi.

Mirişkor tumanidagi Jyeynov şaharçasida joylaşgan şifoxonaning ta'mirdan söng foydalanişga topşirilganiga endigina olti oy bölibdi. 2018 yilning may oyida binoni böşatib bergan şifokorlar 2019 yilning avgustida yana köçib kirişgan.

Toza havo yöq, devorlar moğor bosgan

Şifoxonada işlaydigan 200dan ortiq tibbiyot xodimlari ham, u yerda davolanayotgan bemorlar ham şu keça-kunduzda aziyat çekadigan holatlar köp. Xususan, ularga toza havo yetişmayapti. Bölimlarga kirib borar ekansiz, sizni ham xuddi şu holat bezovta qiladi — dim va badböylik.

Havo aylaniş tizimi nosozligi uçunmi yoki nam töplanganidanmi, devorlar moğorlab ketgan.

Ayrim xonalarda esa havo aylaniş tizimining özi yöq. Hatto steril şaroitda saqlanişi kerak bölgan tuğruq bölimida ham ana şu ahvol.

Ayrim xonalarda kanalizatsiya örnida ulkan teşik bor, xolos. Quruvçilar nimani öylab bunday «öra» qoldirişgani tuşunarsiz...

Eşiklar ham «betob»

Şifoxonaning özimiz kirgan bölimlarida ğalati holatga guvoh böldik. Bilasiz, tomirdan ukol olgan odamning qöli odatda biroz muddatga tibbiyot binti yoki römolça bilan boğlab qöyiladi, qon ketmasligi uçun. Jyeynovdagi şifoxonada esa nafaqat bemorlar, şu bilan birga barça eşiklarning ham «qöli boğlangan».

Yöq, bir-ikkitasi emas, barçasi! Tasodifmikin deb, ikkinçi qavatdagi barça eşiklarni qarab çiqişga töğri keldi. Qiziq, ularga nima qilgan özi?! Şifokorlar tuşuntirib berişdi. Eşiklarga römolça boğlanmasa, oçilib ketarkan. Risoladagidek oçilib-yopiladigan eşik yöq. Agar bunday holat bitta-ikki bölimda kuzatilsa, «maydalaşib» ötirmasdik...

Suv yetişmaydigan şifoxona

Butun boşli şifoxonaga suv mana şu hovuzçadan olinadi.

Tabiiyki, yetmaydi. Umuman, Jyeynovda ham, atrofdagi qator aholi manzillarida ham içimlik suvi oğir muammo. Markazlaşgan suv tarmoği yöq. Mana şu hovuzdagi suvni tejab, tejaganda ham juda qattiq tejab işlatmasa, bir soatga ham yetmaydi.

Agar siz sterillangan suvi yöq şifoxonani körmoqçi bölsangiz, Jyeynovga kelaverasiz. Şifoxona laboratoriyasida bölganimizda biz ham bunga guvoh böldik. Xodimlardan biri boşqa şifoxonada işlaydigan qizidan har kuni 2-3 «baklaşka» sterillangan suv olib kelişni sörarkan.

Sterillangan suv ajratadigan mana bu uskunani esa işlatib bölmaydi, sababi yana suv bilan boğliq. Şunday uskuna işlatilmasdan «qariyapti».

Isitiş tizimi

Garçi 1 milliard 900 million söm ta'mir uçun ajratilgan bölsa-da, binoda isitiş tizimi yöq. Azbaroyi bemorlarga rahmi kelganidan siz suratda körib turgan qozonxonani şifokorlarning özi qurib olgan. Ammo qozonxona bölgani bilan, işlaydigan isitiş tizimi ham kerak. Bu tizim esa işlamaydi. Bemorlar özlari bilan soz-nosoz turli elektr isitkiç uskunalar olib kelişadi.

Şifoxonadagi aksariyat mebel va jihozlar ham 40-50 yoşlarda ekani körinib turibdi. Ta'mir vaqtida ularni yangilaş közda tutilganmidi, yöqmi, buni bilolmadik.

Xodimlar kirni toğorada yuvişadi

Tasavvur qiling, şifoxonada bir kunda qança kir pastel-matras jamlanadi? Bu yerda öşa kirlar qölda yuvilyapti. Ana endi bu opalarning sabri va maşaqqatini tasavvur qilavering. Butun boşli şifoxonaga kir yuvadigan maşina xarid qiliş şunçalik oğirmi yoki bu imkoniyat unutib qöyilganmi?

Quruvçilar laboratoriya va kirxonadan çiqqan oqova suvni şunçaki şifoxona hovlisiga töğrilab qöyişgan. Erta-indin kunlar isiy boşlagaç yuzaga keladigan vaziyatni tasavvur qilavering. 

Xullas, butun bir şifoxona ahvoli mana şu. Bu ahvoldagi «ta'mir»ni kim, qanday qabul qilib olgan, deysizmi? Xuddi şu savolga javobni Mirişkorda bir kun yurib ham topolmadik.

Şifoxona boş şifokori ta'mir vaqtida işdan böşatilgan. Ta'mirlaş işlari tugagandan söng, bino qabul qilingaç, qaytib vazifasiga tiklangani ma'lum böldi... Juda qiziq, şunday emasmi?

Binoni qabul qilib oliş, loyihada aynan nimalar közda tutilgani, smeta va boşqa hujjatlar bilan tanişiş istagida tuman tibbiyot birlaşmasida bölib, u yerdan ham aniq ma'lumot ololmadik. Mirişkor tumani hokimligi quriliş bölimi ham hokimlikning bu şifoxonaga «umuman aloqasi yöqligi, hokimlik qabul qilmagani»ni aytmoqda. Qisqasi, mas'uliyatni zimmasiga oladigan odam yöq. Tumanda biror taşkilot rasmiy ma'lumot berolmadi.

Quriliş korxonasi rahbari bilan telefonda qisqaça suhbatlaşganimizda hokimlik ham, tuman tibbiyot birlaşmasi ham şifoxonani heç qanday muammosiz qabul qilib olgani ma'lum böldi. Umuman, öz yönalişi böyiça 20ga yaqin taşkilot tegişli hujjatlarga qöl qöyib bergan ekan. Endi esa buni tan oladigan taşkilot yöq.

Katta mablağ sarflangan kiçik şifoxonadagi bu kamçiliklar yuzasidan jöyali izoh kutib qolamiz.

Anvar MUSTAFOQULOV, Isomiddin PÖLATOV,
Kun.uz muxbirlari.