Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soğliqni saqlaş vazirligining qöşma qarori bilan, pulli tibbiy xizmat körsatadigan davolaş-profilaktika muassasalarini moliyalaş tartibiga özgartiriş kiritildi.
Yangi tartibga köra, tibbiy xizmatga tölov qiymatini belgilaşda, rentabellik körsatiladigan tibbiy xizmat tannarxining 20 foizidan ortiq bölişi mumkin emas.
8 mayga qadar amal qilgan tartibda, tibbiy xizmatga tölovning eng köp qiymati davolaş-profilaktika muassasasi tomonidan budjet mablağlari hisobiga körsatilayotgan aynan şunday xizmatlar qiymatining 25 foizidan ortiq bölişi mumkin emasligi nazarda tutilgandi.
Iqtisodçi Otabek Bakirovning yozişiça, mazkur özgariş davlat şifoxonalaridagi pulli xizmatlar uçun tölovlarning 4,8 karraga oşişiga olib kelişi mumkin.
Iqtisodçining tuşuntirişiça, eski tartib böyiça 100 ming sömlik qiymatga ega bölgan xizmat uçun 25 ming söm undiriş mumkin bölgan. Tasdiqlangan özgarişlarga köra, tannarxi 100 ming söm bölgan tibbiy xizmat uçun tölov 120 ming sömdan oşmasligi kerak böladi.
Kun.uz bu masalada Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soğliqni saqlaş vazirligiga murojaat qildi, ammo izoh ola olmadi.

















