Jahon | 23:05 / 29.02.2020
3783
2 daqiqa o‘qiladi

Jahondagi yetakchi neft kompaniyalarining daromadlari qisqara boshladi

Jahondagi 12 ta eng yirik neft kompaniyasining sof daromadi 2019 yilda 40,4 foizga qisqarib, mablag‘ ko‘rinishida qariyb 64 milliard AQSh dollarini tashkil etgan, deb yozmoqda Anado‘lu agentligi.

Foto: Yegor Aleyev/TASS

Bular — Amerikaning «ExxonMobil», «Chevron», «ConocoPhillips», «Halliburton», «Schlumberger» va «Baker Hughes», Niderlandiyaning «Royal Dutch Shell», Britaniyaning «British Petroleum», Fransiyaning «Total», Italiyaning «Eni», Rossiyaning «Rosneft» va Norvegiyaning «Equinor» kompaniyalarining umumiy ko‘rsatkichi.

Saudiya Arabistonining «Saudi Aramco» milliy neft kompaniyasi hali yillik hisobotini e'lon qilganicha yo‘q.

Bu kompaniyalar 2018 yilda 107,3 milliard dollar hajmidagi sof foydaga ega bo‘lgan edi

12 ta kompaniyaning umumiy daromadi ham o‘tgan yilda 8,5 foizga qisqarib, 1,29 trillion dollarni tashkil etgan.

Hisobot davrida eng katta foydani «Royal Dutch Shell» (15,84 mlrd dollar), olgan. Uning ortidan «ExxonMobil» (14,34 mlrd dollar) va «Total» (11,83 mlrd dollar) bormoqda. 

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid