Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Malayziya islom moliyasi sohasida ikki diplomlik magistratura dasturini ishlab chiqadi
Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hamda INCEIF islom moliyasi sohasida hamkorlik o‘rnatdi
Joriy yilning 28 fevral kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi direktori Rustam Abduraupov boshchiligidagi delegatsiyaning Malayziyaga tashrifi doirasida Global islom moliyasi instituti (INCEIF) rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar islom moliyasi sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va mexanizmlarini muhokama qilishdi va o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashdi.
Unga ko‘ra, islom moliyasi va banklari sohasi bo‘yicha hamkorlikdagi ikki diplomlik magistratura dasturini ishlab chiqish, tegishli sohalarda qisqa muddatli kurslar va almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda raqamli islom moliyasi bo‘yicha qo‘shma xalqaro konferensiya tashkil etish va qo‘shimcha boshqa tadbirlarini tashkillashtirish nazarda tutilgan.
Ma'lumot uchun, INCEIF 2005 yilda Malayziya Markaziy banki qoshida tashkil etilgan bo‘lib, Malayziyaning ichki va xalqaro moliyaviy hamjamiyati uchun, islom moliyasi yo‘nalishida ta'limni yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbusning bir qismidir. Ushbu ta'lim muassasasi xalqaro va nufuzli AACSB akkreditatsiyasiga ega bo‘lib, dunyodagi eng nufuzli biznes maktablarining 5 foizi qatoriga kiradi.
Bugungi kunda INCEIF dunyodagi yagona global universitet bo‘lib, undagi ta'lim dasturlari asosan islom moliyasini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, dunyoning 80ga yaqin mamlakatlaridan kelgan 1500dan ortiq bitiruvchilariga ega.
Mavzuga oid
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
08:18 / 05.05.2026
Ziroat Mirziyoyeva Malayziya qirolichasi bilan uchrashdi
12:54 / 02.04.2026