Rossiyada bir neça million özbekistonlik migrant mehnat qilyapti. Kun.uz muxbirlari bu davlatga safari davomida öndan ortiq vatandoş bilan uçraşib, ularning misolida öşa millionlab özbeklarning muhojirlikdagi hayotini körsatib kelmoqda.

Navbatdagi qahramonlarimiz ham bir neça yillar oldin Rossiyaga kelgan, turli sohalarda işlab kelayotgan insonlardir. Ularning öy-fikrlari, muammolari va orzu-niyatlari bilan tanişamiz.

«5 nafar farzandim bor. Turmuş örtoğimga iş yöq. Qizim öqiydi, uning kontraktini tölaşimiz kerak. Rözğordagi yetişmovçilik ortidan Rossiyaga keldim», – deydi 48 yoşlar atrofidagi Qaşqadaryoning Çiroqçi tumanidan kelgan vatandoş ayol.

Opaning aytişiça, Rossiyada eng katta qiyinçilik bu – soğinç.

«Eng katta qiyinçilik soğinç. Nima qilay, qiyin. Uyga borsam, qişloqda ayollarga iş yöq. Hozir bu yerdan yuboradigan 300-400 dollar pulni uyda bölsam topa olmayman. Farzandlarim hammasi yeyman-içaman degan yoşda. Hozir ular işlab ketadigan yoşda emas.

Eng katta öğlim 18 yoşda. Men bilan işlar edi. Yaqinda uyga ketdi. Hali öz yöliga tuşib ketgani yöq. Hozir qizimning kontraktini tölab turişim kerak» deydi u.

Suhbatdoşimizdan yana biri 40 yoşlar atrofida. U Farğona viloyatidan kelgan. U Rossiyada hatto patent bilan ham işlaşda muammolar borligi haqida aytdi.

«Eng katta muammolardan biri patent masalasi. Patent bölgan taqdirda ham, hamma joyga bizni işga olavermaydi. Qörqişadi patent bilan işga olişga. Negaki, patent bilan işga olsa, iş beruvçi yana qandaydir hujjatlarni töldirişi kerak. Agar patensiz yoki muddati tugagan patent bilan işlasa, öşa firmaga bir odamga 800 ming rubl jarima solinadi. Şuning uçun ham köp firmalar patent bilan ham işga olişni rad qiladi», deydi farğonalik muhojir.

Suhbatdoşlarimizdan Özbekistonda qança pul işlab topsangiz, bu yerga kelmagan bölardingiz, deb söradik. Ularning aytişiça, örtaça 2 million oylik maoş bölganda Rossiyaga kelmagan, öz vatanida, oilasi bağrida yurgan bölişardi.