Rossiyaga xizmat safarida bölib qaytgan Kun.uz muxbirlari bu mamlakatda turli kasb bilan maşğul vatandoşlarimiz hayoti, yaşaş tarzi, orzu-istaklari aks etgan turkum maqolalarni berib bermoqda.
Navbatdagi suhbatdoşimiz – 2017 yildan buyon Moskvada, Samsung kompaniyasida telefon tuzatuvçi usta bölib işlab kelayotgan qaşqadaryolik Şavkat Imamov.
«Hunarli kişi xor bölmas» degan naql bejizga aytilmagan. Ustaning aytişiça, hozirda oylik daromadi 150-160 ming rublni (2300-2450 dollar atrofida) taşkil qiladi.
«2017 yildan boşlab Moskvadagi Samsung kompaniyasida işlab kelaman. Kelişimdan oldin 8 yil davomida Qarşi şahrida ham servisda işladim.
Inson har doim yuqoriga intiladi. Oldingizga qöygan orzularingizni, rejalaringizni amalga oşirişingiz uçun köproq daromad qilişga töğri keladi. Bu yerga farzandlarimning kelajagi uçun kelganman», – deydi Şavkat Imamov.
«Işimning qadri baland, buyurtma köp, oylik yaxşi»
– Bu yerda işimning qadri balandroq, iş hajmi, buyurtmalar köp. Bizga butun Rossiya böyiça telefonlar keladi. Oyligimiz balandroq, uyga yuboradigan pulimiz bilan közlagan rejalarimizni amalga oşirsak böladi.
Özbekistonda işlasam, kunimiz ötişi mumkin, lekin uy-joy, maşina ololmaymiz.
Bu iş joyimga döstimning tavsiyasi bilan kelganman. Işçilar Samsung tomonidan öqitiladi. Bizdan yiliga 2-3 marta imtihon olib turişadi.
«Farzandlarim mehnat muhojiri bölişini xohlamayman»
– Xudoga şukr, ikki farzandim bor. Niyatim – ular ulğayişgaç, menga öxşab çet elda işçi bölişmasin, yaxşi bilim egallab, bu bilimi bilan Özbekistonga foyda keltirişini xohlayman. Ularning kelajagi uçun oilamdan uzoqda işlab kelyapman.
Ayolim farzandlarimga ham ota, ham ona bölib turibdi. Albatta, erkaksiz qiyin. Lekin internet orqali har doim aloqada bolib turamiz. Farzandlarim bilan birgalikda dars qilamiz.
Qizim boğçaga boradi. Öğlim esa 2-sinfda öqiydi, rus sinfida. Maktabdan taşqari aqliy arifmetika tögaragiga boradi. Tuşunmagan narsalarini mendan sörab turadi.















