Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlar fosh bo‘ldi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan “YeVRO 4” va undan ortiq standartlarga mos keladigan yuk tashish hamda maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan motorli transport vositalarini import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Biroq bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida xorijiy mamlakatdan olib kelingan texnikalarning ekologik darajasini noto‘g‘ri ko‘rsatishga urinish hamda tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlarini o‘zgartirish kabi navbatdagi qonunbuzarlik holatlari bojxona xodimlari tomonidan fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Toshkent tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan poytaxtda faoliyat yuritayotgan korxona nomiga kelgan 7 dona “Kon samosvali - HOWO 6x4” transport vositalarini bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlari asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada korxona tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda tovarning tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasi kodi hamda ekologik darajasi “YeVRO 4” ko‘rsatilgani bojxonachilar e'tiborini tortdi va avtotransport vositalari belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazildi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining xulosasiga ko‘ra mazkur avtotransport vositalari “YeVRO 4” emas, balki “YeVRO 2” ekologik darajasiga mos kelishi ma'lum bo‘ldi.
Natijada bojxona to‘lovlaridan imtiyoz noto‘g‘ri qo‘llanilishining oldi olinib, davlat budjetiga qo‘shimcha 4,7 milliard so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari qo‘shni mamlakatdan “Sirdaryo” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro U.A.ning boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Ushbu avtotransport vositasining yukxonasida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 181,5 million so‘mlik 3 dona “Kamaz” yuk avtomashinasi qismlarga ajratilgan holda yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
17:00 / 26.03.2026