Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» yo‘lining bir qismi OTB ishtirokida rekonstruksiya qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 964-1204 km (240 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, quyidagilar:
a) Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda “A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 964-1204 km (240 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasining umumiy qiymati 383,4 mln. AQSh dollari bo‘lgan texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilgan;
b) 2019 yil 12-20 sentyabrdagi Osiyo taraqqiyot bankining missiyasi tashrifi yakuni to‘g‘risidagi ikki tomonlama kelishuvga asosan Osiyo taraqqiyot banki tomonidan loyihani amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonga 274,19 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz bitimini taqdim qilishi, bunda ushbu mablag‘lar:
4 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan, qaytarish muddati 24 yil bo‘lgan Osiyo taraqqiyot bankining 248,2 mln. AQSh dollari miqdoridagi oddiy kapital mablag‘lari hisobidan hamda 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan, qaytarish muddati 24 yil bo‘lgan Osiyo taraqqiyot bankining 26,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi;
O‘zbekistonning loyihani amalga oshirishdagi ulushi 109,2 mln. AQSh dollarini, shu jumladan soliq va boshqa majburiy to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish shaklida 81,4 mln. AQSh dollarini tashkil etishi;
loyihaning amalga oshirish muddati 6 yil (2 yil kafolat davrini hisoblagan holda 2020-2025 yillar) etib belgilangan.
Belgilab qo‘yilishicha:
“Avtoyo‘linvest” agentligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan qarz mablag‘laridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qaytarish, shu jumladan, foizlarni to‘lash, komissiya to‘lovlari va boshqa xarajatlar bilan bog‘liq to‘lovlar O‘zbekistonning respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Quyidagilar:
“A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 964-1204 km (240 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
“A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 964-1204 km (240 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot bankining oddiy kapital va imtiyozli mablag‘lari bo‘yicha qarzni qaytarish, foiz va komissiya to‘lovlarini amalga oshirishning prognoz jadvallari tasdiqlandi.
Moliya vazirligi O‘zbekiston nomidan loyiha doirasida O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi qarz bitimini, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi esa loyiha doirasida Osiyo taraqqiyot banki bilan loyihaviy bitimni tuzadilar.
Adliya vazirligi O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa beradi.
Belgilanishicha:
Osiyo taraqqiyot banki bilan tuziladigan qarz bitimi kuchga kirgunga qadar Loyihani amalga oshirish guruhini saqlash xarajatlari 2020 yilda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi;
Qurilish vazirligi tomonidan ikki oy muddatda rekonstruksiya qilinayotgan A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘li bo‘yida zamonaviy xizmat ko‘rsatish va servis obektlari, turar joylar va hordiq chiqarish maskanlarini nazarda tutgan loyiha takliflari ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasida himoya qilinadi.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
20:31 / 03.05.2026
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026