«Taraqqiyot çorrahalari: mintaqaning özaro boğliq kelajagini ilgari suriş» şiori ostida ötkazilayotgan forumda 100 dan ortiq mamlakatdan 4 mingdan ziyod ekspertlar, şuningdek, xorijiy hukumatlar, xalqaro moliya taşkilotlari, yetakçi banklar va kompaniyalar vakillari iştirok etmoqda.

Kun tartibidan raqamli va «yaşil» transformatsiya, iqlim barqarorligi, işlab çiqariş ta’minoti zanjirlarini rivojlantiriş, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş va boşqa masalalar örin olgan.

Davlat rahbari tadbirda nutq sözlab, bunday nufuzli anjumanning yurtimizda ötkazilayotgani Özbekistonga ğurur va iftixor bağişlaşini ta’kidladi.

Prezident buyuk tarix va yorqin kelajakni özida mujassam etgan Yangi Özbekiston endilikda xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalar muhokama etiladigan yirik maskanga aylanib borayotganini qayd etdi.

Özbekiston yetakçisi mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar natijalariga batafsil töxtalib ötdi. Sönggi yillarda iqtisodiyotimizga 150 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritilib, minglab zamonaviy korxonalar işga tuşirildi. Bu davrda tovar va xizmatlar eksporti 3 karra ösdi, milliy iqtisodiyot hajmi esa 50 milliarddan 147 milliard dollarga yetdi.

2020 yildan buyon Özbekiston suveren kredit reytinglarida öz örnini izçil oşirib bormoqda. Iqtisodiy erkinlik indeksida joriy yil yurtimiz 14 poğona yuqorilab, ilk bor «iqtisodiyoti mö’tadil erkin» davlatlar qatoridan joy oldi.

Global beqarorlik şaroitida ham iqtisodiyotimiz birinçi çorak yakuni böyiça 8,7 foizli ösişga erişdi.

– Eng muhimi, islohotlarimizda har bir oila, har bir insonning kundalik hayotini yaxşilaşga asosiy e’tiborni qaratdik. Biz ötgan davrda 8,5 million ehtiyojmand aholi daromadini oşirib, kambağallik darajasini qariyb 35 foizdan bugungi kunda 5,8 foizga tuşirişga erişdik, – dedi prezident.

Özbekiston oxirgi ön yilda Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda eng katta ijobiy özgariş qilgan beşta davlatdan biri böldi.

2030 yilga qadar barça sohalarni texnologik va innovatsion ösiş modeliga ötkaziş orqali iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oşiriş, daromadi örtaçadan yuqori davlatlar qatoriga kiriş hamda kambağallikka töliq barham beriş maqsad qilingan.