Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
965 mln so‘mlik imtiyozdan noqonuniy tarzda foydalanmoqchi bo‘lganlar fosh bo‘ldi
Bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida xorijiy mamlakatdan olib kelingan texnikalarning ishlab chiqarilgan yilini noto‘g‘ri ko‘rsatish orqali noqonuniy imtiyoz olishga urinish bilan bog‘liq navbatdagi qonunbuzarlik holatlari bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida fosh etildi.
Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari, fuqaro X.A. tomonidan 485 million so‘m imtiyoz asosida olib kirilayotgan “Howo” rusumli yuk transport vositasining yorliqlaridagi ma'lumot bilan transport vositasining holatini tegishli idoralar bilan hamkorlikda ekspertizadan o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, mazkur avtotransport vositasi hujjatlarda ko‘rsatilganidek 2017 yilda emas, balki 2014 yilda ishlab chiqarilganligi ma'lum bo‘ldi.
Yana bir tezkor tadbir davomida, fuqaro K.Sh.ga tegishli Howo rusumli yuk avtotransport vositasi ham tegishli idoralar bilan hamkorlikda ekspertizadan o‘tkazishdi.
Ma'lum bo‘lishicha, 480 million so‘m imtiyoz asosida olib kirilayotgan mazkur transport vositasi ham 2017 yilda emas, balki 2012 yilda ishlab chiqarilganligi ma'lum bo‘ldi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
17:00 / 26.03.2026