Bu haqda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi raisi Abduşukur Abdullayev 10 mart kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida bölib ötgan “Hukumat soati”dagi hisobotida ma'lum qildi.
“Töğri, qişloq joylarda yer maydonlari katta xonadonlar juda köp. Qonunçilikka köra olti sotixni turarjoyga, ortiqçasini tomorqa qilib beriladi. Lekin aynan mana şu norma ayni paytda biror bir hujjatimizda aks etmagan. Yangi qonunçilik hujjatlariga şu me'yorni kirityapmiz, çunki 2019 yil 1 mayga qadar özboşimçalik bilan imoratlarga “amnistiya” e'lon qilinganda xuddi şu sabab tufayli özboşimçalik bilan egallab olgan yerlarini qonuniylaştirib oliş uçun ariza bilan murojaat qilmagani ma'lum böldi.
Şu sababli buni qonunçilikka yer maydonlarini hududlarning öziga xosligini inobatga olgan holda taqsimlaşni norma sifatida kirityapmiz. Çekka joylarda yer maydonini olti sotix qilib beriş aholini qoniqtirmaydi. Yangi tahrirdagi Yer kodeksida yer ajratişda differensiatsiyalaşni közda tutganmiz”, deydi u.
“Hukumat soati”da deputat Odinaxon Otaxonova Özbekiston prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi qarori va 2019 yil 17 iyundagi farmonida 2020 yilda yaylovlar qişloq xöjaligida foydalanilmayotgan suğoriladigan yerlarni foydalanişga kiritiş hisobidan ozuqabop ekinlarni yetiştirişni yölga qöyiş uçun çorvaçilik xöjaliklariga çorva mollarining boş soniga qarab ajratib berilişi közda tutilganini eslatib, Andijon hamda Namangan viloyatlarida bunday yerlar mavjud emasligiga e'tibor qaratdi va uşbu vaziyatda prezident farmoni ijrosi qanday ta'minlanişi bilan qiziqdi.
“Haqiqatan ham vodiydagi viloyatlarda, ayniqsa, Andijon viloyatida yer juda ham çeklangan. Bunday vaziyatlarda ana şunday yerlari bor boşqa yaylovi bor joylardan yer ajratilişi ta'minlanadi. Masalan, Ohangaron tumanida juda katta yaylov maydonlari bor. Şu sababli Andijon va Namangandagi çorvaçilik xöjaliklariga yer maydonlari beriladi”, deydi Abduşukur Abdullayev.

















