Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 8,5 gektar yer uchun 7,3 mln dollar talab qilganlar qo‘lga olindi
Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Chirchiq shahrida 8,5 gektar yer maydonini rasmiylashtirib berish bahonasida tadbirkordan 7,3 million AQSh dollari talab qilgan guruh a’zolari 160 ming dollar olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Foto: Videodan kadr
Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent viloyatida yer maydoni bilan bog‘liq yirik miqdordagi korrupsion jinoyat fosh etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimligining investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi bosh mutaxassisi, Toshkent shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius yordamchisi, 1980 yilda tug‘ilgan rieltor va 1996 yilda tug‘ilgan yana bir shaxs o‘zaro til biriktirib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni rejalashtirgan fuqaroning ishonchiga kirgan.
Ular Chirchiq shahrida joylashgan, ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi MChJ balansidagi 8,5 gektar yer maydonini fuqaroga 6 million 800 ming AQSh dollariga sotish, shuningdek, ushbu hududga elektr, gaz ta’minoti, oqova suv tarmoqlarini o‘tkazish uchun texnik shartlar va ruxsatnomalar, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tegishli ruxsatlarni olib berish evaziga qo‘shimcha 500 ming AQSh dollari talab qilgan.
Jami 7 million 300 ming AQSh dollari talab qilingani qayd etilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular so‘ralgan pul mablag‘ining bir qismi — 160 ming AQSh dollarini olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (yirik miqdorda firibgarlik) va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi (oldindan til biriktirib pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:18 / 02.12.2025
Xizmat yo‘q, lekin to‘lov bor: 5 ta chiqindi tashish korxonasining qonunbuzarligi aniqlandi
08:49 / 27.11.2025
Afg‘oniston, Pokiston va Suriyada jang qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
15:21 / 25.11.2025
Toshkent viloyatida 12 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi
07:45 / 25.11.2025