Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilonda 19 nafar haydovchi qamoqqa olindi
Marg‘ilonda YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan 19 nafar huquqbuzar ma'muriy qamoqqa olindi
Foto: IIV axborot xizmati
Marg‘ilonda 19 nafar “Damas”chi qamoqqa olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Marg‘ilon shahar markazidagi B.Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan savdo majmuasi ro‘parasida Marg‘ilon - Farg‘ona shaharlari hamda Qirguli mavzesi yo‘nalishlarida kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi “Damas” rusumli avtomashina haydovchilari ushbu ko‘chadagi piyodalar o‘tish yo‘lakchasi oldiga hamda yo‘lning qatnov qismiga betartib turib olib, piyodalar va haydovchilarning harakatiga xalal bergan. Shu sababli, viloyat IIB YHXB xodimlari mazkur tartibsizlikni bartaraf qilish maqsadida yetib kelishgan.
Ammo, “Damas” haydovchilari YPX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, fuqarolar osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etishgan.
Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan jami 19 nafar “Damas” haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194 va 195-moddalari bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Marg‘ilon shahar Ma'muriy ishlar bo‘yicha sudining qarori bilan 6 nafariga 15 sutka, 8 nafariga 10 sutka, 5 nafariga 5 sutkalik ma'muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

“Hurmatli fuqarolar! Agarda siz ham yuqoridagi kabi tartibsiz “Damas” haydovchilaridan jabrlangan bo‘lsangiz yoki mana shunday holatlar kuzatilayotganligiga guvoh bo‘lsangiz hududiy IIBga xabar berishingizni so‘rab qolamiz.
Barchamiz mana shu osoyishta jamiyatda yashar ekanmiz, uning tinchligi, farovonligi uchun mas'ulligimizni unutmaylik! Qolaversa, o‘rnatilgan tartib-qoidalar faqatgina inson manfaati uchun yaratilganligi ham bejiz emas. Bo‘ysunishni istamaslikning oqibati mana shunday yakun topadi. Ogoh bo‘ling!” - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
16:19 / 19.11.2025
Toshkentda «Damas» ishtirokidagi YTHda ikki kishi jarohatlandi
13:58 / 18.11.2025
Haydovchilarni “doiradan tashqariga” chiqarmoqchi bo‘lgan “Damas” jarima maydonchasiga olib kelindi
13:40 / 27.09.2025