Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda o‘zbekistonlik migrantlar va dog‘istonliklar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi
Foto: RIA Novosti
Peterburgda politsiya xodimlari «Galereya» savdo-ko‘ngilochar majmuasi yonida ro‘y bergan ommaviy mushtlashuvda ishtirok etganlikda gumon qilingan 11 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, mojaro O‘zbekiston fuqarolari va dog‘istonliklar o‘rtasida kelib chiqqan.
Mushtlashuvda o‘n besh kishi qatnashgan, ular politsiya kelgunicha tarqalib ketgan. Ulardan biriga pichoq bilan jarohat yetkazilgan, uni o‘rtacha og‘ir ahvolda kasalxonaga olib ketishdi.
Qo‘lga olinganlar - 18 dan 25 yoshgacha, ularning barchasi O‘zbekiston va Dog‘istondan bo‘lganlar, deya aytib o‘tdi agentlik suhbatdoshi. Ularga bezorilik bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgani aytiladi.
Mavzuga oid
13:27 / 14.10.2025
Toshkentdan Peterburgga yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareys yo‘lga qo‘yiladi
12:49 / 11.10.2025
Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi
21:00 / 23.08.2025
Vashingtonda noqonuniy migrantlarni hibsga olish holatlari o‘n barobarga oshdi – CNN
19:52 / 21.08.2025