«Ipak yo‘li» banki Visa Infinite xalqaro bank kartalarini taqdim etmoqda
«Ipak yo‘li» aksiyadorlik tijorat banki mijozlari uchun Visa Infinite kartalarini taqdim etadi. Mukammallikni xush ko‘ruvchilar uchun mo‘ljallangan mazkur kartani siz bank ofislari, filiallari va xizmat ko‘rsatish markazlari orqali olishingiz yoki onlayn buyurtma orqali qo‘lga kiritishingiz mumkin.
Visa Infinite qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lgan premium klassidagi yangi karta sanaladi. Bu karta orqali mijoz bepul konserj, launj zonalarga tashrif buyurishi, mehmonxonalarda oldindan xonani band etishda taqdim etiladigan chegirmalardan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari karta foydalanuvchisiga individualligini qayd etib turadigan boshqa ko‘plab servislar mavjud.
Visa Infinite kartalariga onlayn buyurtma berish narxi — bir bazaviy hisoblash miqdorida (223 ming so‘m). Ofislar orqali olish esa bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari (334 ming 500 so‘m) qiymatida taqdim etilmoqda. Kartada bo‘lishi lozim bo‘lgan minimal depozit miqdori 400 dollarni tashkil qiladi.
Reklama huquqi asosida