Hunar – hunardan unar! Işini garajda boşlagan özbek kosibi hikoyasi
|21:45 / 19.03.202053 79210 min
Otam hunarni örgatmoqçi bölganida xohlamagan vaqtlarim bölgan. Dangasalik qilib, u-bu işlarni bajarmaganman. Qiyinçilik, tuşkunlikka tuşganda birinçi navbatda sabr qiliş kerak böladi. Tuşkunlikka tuşib, öziga ziyon yetkaziş irodasiz insonlar işi, deb öylayman. Qiyinçilikka duçor bölgan inson, birinçi navbatda öz ustida işlaşni bilişi lozim.
Ota kasbi — davlat kasbi, deb bejiz aytilmagan. Hunar ortidan obro‘-e'tibor qozongan, oilasini haloldan boqayotgan, turli samaralarga erişayotganlar köp topiladi. Biroq, afsuski, yoşlarni hunarli qiliş, ular orasida öz işining ustalari bölişga qiziqiş susayib borayotgandek.
Kun.uz muxbiri Rossiyaga safar davomida hunari ortidan öz biznesini garajda boşlagan özbekistonlik bilan uçraşdi.
Miraziz Mirsaidov Eastline Garage firmasining hammuassisi hisoblanadi, u biznes şerigi bilan Moskvada tyuning atele oçgan va muvaffaqiyatli faoliyat körsatib kelmoqda. U öz tajribasi va malakasi bilan örtoqlaşdi.
— Moskvaga 2008 yilda öqiş niyatida kelganman. Rus maktabida öqiganim uçun oliy öquv yurtiga kiriş maqsadida keldim, birinçi yil kira olmadim. Özbekistonga qaytib ketdim. 2010 yilda qaytib keldim va çet tillariga qiziqiş borligi bois, ingliz tilini örganişni boşladim hamda Rossiya davlat Turizm va servis universitetiga kirişga tayyorgarlik köra boşladim.
— Miraziz, avtotyuning sohasiga qanday kirib keldingiz? Bu sohaning ham öziga xos sir-sinoatlari bor.
— Bolaligimdan avtomobillarning har xil turlariga qiziqaman. Rossiyaning MTV telekanalida «Taçku na prokaçku» körsatuvi bölardi. Unda, maşina keladi, uning salonini özgartirişardi, texnik körsatkiçlarini özgartirişadi, motor va boşqa butlovçi qismlarini özgartirişadi. Menda ham şunga qiziqiş bölgan.
Aynan, avtoatele oçişga kelganimning sababi – bu soha, ya'ni teri, çarm bilan işlaş ota-bobomdan meros desam ham bölaveradi. Bobom Asaka şahrida poyabzal ustasi bölgan, undan otamga ötgan. Otamdan men örganganman. Men uçinçi-törtinçi avlod kosibman. Dadamning poyabzal işlab çiqiş sexi bölardi yoşligimizda. Hammasini körib katta böldim. Çarm bilan işlaşga qiziqişim şundan boşlangan desam ham böladi.
2013 yil Moskvaga öqişga kiriş niyatida qaytib keldim. Orada şerigim Timur bilan tanişib qoldim. Men çarm bilan qanday işlaş texnologiyasini, tikuv usullarini bilaman. Unda ham avtoatele oçiş ğoyasi bölgan. Avtomobil salonlari uçun material sotgan. Ammo hunarmand şerigi bölmagani uçun ğoyasini amalga oşira olmagan, buyurtmalarni esa boşqa atelelarga yönaltirişga majbur bölgan.
Universitetdagi örtoqlarim orqali u bilan tanişib qolganman. Iş izlab yurgan vaqtim edi. Timurning ğoyasi borligini eşitib, unga qönğiroq qildim, gaplaşib oldik. U ğoyasini bildirgan. Poyabzal ustasi bölgan çarm kosibi boşqa jihatlarni tuşunadi, deb öylayman.
Mavzuga oid
— Keling, bu işni boşlamasdan avval Moskvada ötkazgan kunlaringizga töxtalsak. Qiyinçiliklar...
— Qiyinçiliklar bölgan. 2008 yilda ilk kez kelganimda. 17 yoşda edim öşanda. Özbekistonda rus sinfda öqiganim foyda bergan. Til böyiça muammo bölmagan. Lekin yot madaniyat, begona davlat, yaşaş tizimi umuman boşqaça edi. Birinçi yildagi moslaşuv qiyin bölgan men uçun, çunki oila a'zolarining barçasi Özbekistonda, men özim Moskvada. Bu yerdagilarning barçasi begona, Özbekistondagi hayotga, mahalla, döstlarga örganib katta bölganmiz. Özbekona iltifotni körmaganman. Bu yerda heç kim sizga yordam bermaydi. Nima qilişingizni aniq bilişingiz kerak Moskvada. Bu yerga kelib iş topib olaman, deb öylaşning özi notöğri. Boraman, iş bir gap bölar, deb keladiganlar ham böladi.
— Musofir yurtda, eng tuşkun kayfiyatga tuşib qolgan paytlaringiz ham bölganmi?
— Orada, iş topolmay qolgan çoğimda bölgan bölişi mumkin. Masalan, vaqtinça işda işlagan vaqtlarim, tarjimalar byurosida işlagan paytlarim bölgan. Özim ham bu yerda faqat investitsiya qilibgina natijaga erişiş mumkin, degan xayolda bölganman. Ammo, vaqt ötib, öz sohangizning ustasi bölsangiz, barça narsaga erişsa bölarkan.
— Asosan, nima iş qilasizlar? Ozgina izoh bersangiz.
— Bizning atele asosan avtomobil salonlarini qayta tikiş bilan, rusça aytganda «peretyajka» bilan şuğullanadi. Işni şundan boşlaganmiz. Salondagi barça narsalar, torpedo böladimi, örindiqlar yoki eşik detallarimi, hammasini qayta qoplaymiz. Masalan, mijoz yangi avtomobil xarid qilgan taqdirda ham, saloni uning didiga mos kelmaydi.
Şu bois, ular bizga öxşagan atelelarga murojaat qiladi. Salon böyiça katta usta özimman. Çunki, ilk ikki yil 3ga 6 garajimiz bölardi. Men, Timur va kompyuter böyiça bir şerigimiz bölardi, şu uçovimiz işlaganmiz. Internetda ötirib örgandim, tajriba oşirdim. Hozirda bu soha böyiça barçasini bilaman.
Özimga işonç hosil bölgandan söng, şogird olib işni kengaytirişga qaror qildik. Bugungi kunda jamoamizda 7 kişi işlayapmiz. 10 kişidan 3 nafari öz atelelarini oçişga muvaffaq bölişdi.
U öz hamkorlari Timur va Lev bilan taniştirdi.
—Timur, siz ham aytib beringçi, barçasi qanday boşlangandi?
— Bu işni boşlaganimizga ança böldi, barçasini ham xotirlay olmayman. Ammo, ayta olamanki, dastlab biz materiallar bilan şuğullandik va alkantra hamda çarm sotdik. Keyinçalik işimizni rivojlantirişni reja qildik. Şu bosqiçda Aziz bilan tanişdik va atelemizda salonlarni tikişni boşladik. Yangi-yangi marralarni zabt eta boşladik.
— Lev siz nima bilan şuğullanasiz?
— Men mijozlarni jalb qiliş bilan şuğullanaman. Şu bilan birga, biz Timur ikkimiz boşqalar işsiz qolmasligi haqida boş qotiramiz. Materiallar va tabiiyki, dizayn bilan ham.
— Mijozlaringiz işlaringizdan qoniqiş hosil qilmoqdami?
— Ular işimizdan qanoat hosil qilayotganlarini internetda qoldirilayotgan fikrlaridan ham bilsa böladi. Qolaversa, mijozning oradan vaqt ötib, takroran murojaat qilişi, döstlariga tavsiya qilişi bizning işimiz sifatiga berilgan xolis baho deb öylaymiz.
Aziz bilan birga köp bosqiçlardan ötdik. Har xil holatlar, tortişib qolgan vaqtlarimiz ham böldi. Ammo, barça masalani birgalikda hal qilamiz. Jamoamiz jiddiy yigitlardan taşkil topgan.
— Işni garajdan boşlagan ekansizlar. Xuddi Stiv Jobs kabi. Faoliyatngizni kengaytirib, boşqa davlatlarda ham şoxobçalarni ham oçişni reja qilyapsizlarmi?
— Kelgusida şunday ğoya rejalaştirilgan. Biroq, hozirça, sir. Muzokaralar olib bormoqdamiz.
Şeriklar bilan muloqotimizni tugatgaç, Mirzazizning özini yana suhbatga tortdik. Hayotda ayrim insonlarning tuşkunlik natijasida turli işlarga qöl urişi, hunar örganişning ahamiyatiga doir fikrlarini söradik.
— Sönggi vaqtlarda eşitib qolyapmiz, yoşlar orasida işi yurişmasa, tuşkunlikka tuşganidan, umidsiz bölganidan özlariga tan jarohati yetkaziş yoxud oğirroq oqibatlarga qasd qiliş hollari uçrab turibdi. Tuşkunlikka, tuşib, kelajakka yöl yopiqdek tuyulgan vaqtlarda inson nima qilişi kerak, qanday maslahatlar bergan bölardingiz?
— Bunaqa holatlarda inson özining kelajagi haqida öylaş kerak. Ham u dunyo ham bu dunyodagi rohatni öylaş kerak. Qiyinçilikka duç kelganda tuşkunlikka tuşiş irodasiz insonlarda böladi. Barçamiz insonmiz, hammada har xil vaziyatlar böladi. Har qanday millioner yoki milliarderlar ham şunday tuğilmagan.
Tuşkunlikka tuşgan inson öz ustida işlaşni bilişi kerak. U hayotida özi xohlagan narsalar bölmayotganining sababini bilişi lozim. Masalan, hayotdan öziga kerakli narsani qaytarib oliş uçun özi biror narsa berolmayotgandir. Til böyiça desak, uni yetarli örganmagandir. Yoki boşqa biror sohani egallagan bölsa-da, uning ustasi bölmagandir, yetarliça bilimi va malakasi yöqdir.
Sabr birinçi örinda va öz ustida işlaşdan töxtamaslik. Alloh taolo ham bir tuşkunlik ortidan bir yaxşilik beradi. Qur'on oyatlarida kelgan. Töğri fikrlab, irodasizlik qilmasdan harakat qiliş darkor.
Inson özining qiziqişini, hunar böladimi, kasbmi, hobbisini topa olişi lozim. Men uçun uşbu ateleda işlaş hobbi. Men heç qaçon işimdan ruhan yoki psixologik çarçamayman. Jismoniy çarçoq böladi, lekin kasbimdan, bir işni qayta va qayta qilayotganim uçun zerikkanim yöq. Mijoz istagan narsani qilib bera oldim, qolgan narsa özi keldi menga.
— Yoşlar orasida hunar örganişga negadir qiziqiş yöq. Birdaniga dasturçi bölib qolgisi, yoki biror ofisda kursini egallab, amaldor bölib qolgisi keladi. Yoşlikda otangiz şu hunarni örgatayotgan vaqtda yoqmagandir, hozir şu hunar qöl keldi, qanday xulosaga kelyapsiz?
— Xulosam, albatta, mingdan-ming minnatdorman otamdan şu hunarni örgatganlari uçun. Ha, yoşlik qilib, dangasalik bilan uni qilmayman, buni qilmayman, deb yurgan bölişim mumkin, ammo yillar ötib, otam örgatgan tajribalarni Moskvada rus şeriklarim bilan avtoatele oçib, qöllab kelmoqdaman.
Nimaga hunar örganiş kerak, öqişdan taşqari? Menimça, diqqatni faqat öqişga qaratiş kerak emas, agar inson özi qiziqqan hunarni topa olsa va örgansa, öqiş bergan narsadan köproq narsaga ega bölişi mumkin. Özimdan misol keltirişim mumkin, öqidim ham, lekin diplom kerak ham bölmadi, hunar esa, qayerga yoki qaysi davlatga borişingizdan qat'i nazar siz bilan birga.
P.S.: Umuman, avtoatele salonlarni tikişdan taşqari, avtomobillarga turli xizmatlarni körsatadi. Xususan, mijoz buyurtmasiga köra, kuzov işlari, şu jumladan, polirovka, keramika bilan himoyalaş işlari bajariladi.