Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda deyarli 1,5 mlrd so‘mlik «Tropikamid»ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat va karantin sharoitidan foydalanib qolib, qing‘ir rejalarini amalga oshirishga urinayotgan shaxslar ham uchrab turibdi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Qo‘mitaning Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari IIV va DXX bilan hamkorlikda yirik miqdordagi kuchli ta'sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi.
Toshkentning Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar T.I. va A.B.lar o‘zlari istiqomat qilayotgan xonadonda 7600 dona «Tropikamid» dori vositalarini qonunga xilof ravishda saqlashayotganligi aniqlandi.
Tezkor tadbirda davomida ushbu dori vositalarini dorixonalarga noqonuniy ravishda tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan yana 2 nafar shaxs – A.J va P.M. ham qo‘lga olindi.
O‘tkazilgan mazkur tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent shahri hududida yashirin ravishda tarqatilishi rejalashtirilgan umumiy qiymati 1 mlrd. 216 mln. 160 ming so‘mlik dori vositalari qonunbuzarlardan olib qo‘yildi.

Shuningdek, yana bir holatda DBQning Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari DXX vakillari bilan hamkorlikda Toshkentning Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro K.Z. boshqaruvidagi «Kobalt» va fuqaro L.B boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomashinalar belgilangan tartibda ko‘zdan kechirishdi.
Natijada, mazkur avtomashinalar yukxonasi va salonida 600 dona «Tropikamid» hamda 4217ta o‘ramda 10 turdagi boshqa dori vositalari borligi aniqlandi.
Sifati va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 200 mln. so‘mdan oshadi.
Shu kuni o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda fuqaro I.O. 525 dona «Tropikamid» dori vositasini 52 mln. 500 ming so‘mga sotishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:00 / 26.03.2026
O‘zbekistonga chetdan olib kirilgan telefonni IMEI ro‘yxatidan qanday o‘tkazish mumkin?
08:40 / 17.03.2026
Bojxona hujjatlarining yangi shakllari joriy etildi
09:46 / 03.03.2026
Bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali rasmiylashtirish tartibi yangilandi
21:01 / 28.02.2026